1. ies-issiqlik elektr stantsiya iesda elektr energiyani hosil qilish jarayoni



Yüklə 465,43 Kb.
səhifə13/16
tarix13.12.2022
ölçüsü465,43 Kb.
#74339
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
energiya tejamkorligi (2)

1.Fotolement (foto va element) — oʻziga tushayotgan yorugʻlikni yutib, elektr toki (fototok) yoki foto elektr yurituvchi kuch hosil qiluvchi elektr asbob. Ishi fotoelektron emissiya yoki ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Fotoelektron emissiya asosida ishlaydigan Fotoelement vakuum hosil qilingan yoki gaz toʻldirilgan shisha, yoxud kvars kolba ichiga joylangan 2 elektrod — fotokatod va anodli elektrovakuum asbobdan iborat. Fotokatodga tushadigan yorugʻlik oqimi uning sirtida fotoelektron emissiya hosil qiladi; F. zanjiri tutashtirilganda unda yorugʻlik oqimiga monand fototok oqimi vujudga keladi. Gaz toʻldirilgan Fotoelementda gazning ionlanishi va nomustaqil kuchli razryad hosil boʻlishi natijasida fototok kuchayadi. Ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan Fotoelement gomogen elektronkovak oʻtishli (r— poʻtishli), yarimoʻtkazgich, geterooʻtishli yoki metallyarimoʻtkazgich kontaktli yarimoʻtkazgich asbobdan iborat. Bunday Fotoelementda optik nurlar yutilib, zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi zoʻrayadi va elektr yurituvchi kuch hosil boʻladi.
1.Quyosh fotoelementining ishlash prinsipi.
Quyosh batareyasi — yarimoʻtkazgichli fotoelementlarga asoslangan tok manbai; quyosh radiatsiyasi energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradi. Quyosh batareyasi Elementlarining ishlashi ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Quyosh batareyasining quvvati yarimoʻtkazgich materialiga, quyosh elementining konstruktiv xususiyatiga va batareyadagi elementlar soniga bogʻliq. Quyosh ele-mentlari tayyorlashda kremniy §1, galliy Oa, mishyak Az, kadmiy Syo, oltingugurt 5, surma 8, tellur Te asosidagi materiallardan foydalaniladi. Quyosh batareyasi odatda usti yaltiroq qopla-mali yassi panel koʻrinishidagi quyosh elementlaridan tayyorlanadi. Batareyadagi quyosh elementlari soni bir necha ming donagacha, panelining sathi oʻnlab m2, tok kuchi yuzlab a, kuchlanishi oʻnlab V, generator quvvati bir necha oʻn kVt gacha boradi. Quyosh batareyalari asosan, kosmonavtikaaa, Yer sunʼiy yoʻldoshlari apparatlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda foydalaniladi. Yerda esa Quyosh batareyasi koʻchma avtomat radiostansiyalari va radiopriyomniklarda tok manbai sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish masalalari bilan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutipya. shugʻullaniladi.

Yüklə 465,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin