Foydali ish koeffitsiyenti — biron bir tizim (qurilma, mashina, dvigatel va boshqalar) sarflagan energiyaning samaradorligini ifodalovchi tushuncha; qancha energiya foydali ishga aylanishini, qancha energiya yoʻqolishini koʻrsatadigan son (odatda, foizlarda ifodalanadi). Foydali ishga sarflangan energiyaning mashina olgan umumiy energiya miqdoriga nisbati bilan aniklanadi. Issiqlik dvigatellaridagi foydali ish koeffitsiyenti — mexanik foydali ishning sarflangan issiklik miqdoriga nisbati, elektr transformatorlardagi foydali ish koeffitsiyenti — ikkinchi chulgamda olingan elektromagnit energiyasining birlamchi isteʼmol chulgʻamidagi energiyaga nisbati, elektr dvigatellaridagi foydali ish koeffitsiyenti — foydali mexanik ishning manbadan olingan elektr energiyasiga nisbatidan iborat va boshqa.
Mashinaning umumiy foydali ish koeffitsiyenti uning ayrim qismlari foydali ish koeffitsiyentilari yigindisiga teng. Energiyaning turli koʻrinishda yoʻqolishi tufayli foydali ish koeffitsiyenti hamisha 1,0 dan kichik boʻladi. Takomillashgan elektr transformatorlarda foydali ish koeffitsiyenti 98—99%, elektr generatorlarida 90—95%, ichki yonuv dvigatellarida 40—50% va issiklik elektr styalarida 35—40%.
4.Elektr energiyasining ikki stavkali tarifi Elektr energiyaga bolgan ta’riflar tizimining asosiy korinishlari quyidagilardir: - elektr energiya hisoblashi bo'yicha bir stavkali ta'rif; tirkalgan elektr qabul qiluvchilar quvvati uchun asosiy stavka bilan ikki stavkali ta’rif; maksimal yuklanishni toiaydigan ikki stavkali ta’rif; energiya tizimining maksimumda ishtirok etadigan iste’molchining quvvatiga asosiy stavka bilan ikki stavkali ta'rif; kecha-kunduz, hafta kunlari, yil fasllari vaqti bo'yicha differensiallangan, bir stavkali ta’rif. Elektr energiya hisoblagichi bo'yicha bir stavkali ta’rif, faqat hisoblagich tomonidan hisobga olingan kilovatt-soatlarda elektr energiya uchun toiovni ko'zda tutadi. Ta’rifning bu turi aholi va boshqa sanoat boimagan obyektlari bilan hisob-kitob qilishda keng qoilaniladi. Ko'rilayotgan hisobot davrida energiyani ishlatmagan iste’- molchi, vaqtning har qanday momentida elektr energiyani berishni ta’minlaydigan energiya ta’minlovchi tashkilotning to'xtovlari bilan bogiiq sarflarni toiamaydi. Bu ta’rif bo'yicha 1 kVt.s uchun narx har qanday iste’mol qilingan energiya miqdori uchun doimiy boiadi. Lekin energiyani ishlab chiqarish (iste’mol qilish) ortganda 1 kVt.s ga bo'lgan xarajatlar kamayadi va natijada, iste’mol qilinayotgan kilovatt soatga ta'rif stavka kamayishi kerak. Bu hisoblagich bo‘yicha pog‘onali ta’rif kiritish bilan hisobga olinadi. Elektr energiyaga bir stavkali ta’rif bo'yicha berilgan elektr energiya miqdoriga toiash bilan, iste’molchidan elektr energiya lizimi uchun (EET) birmuncha o'rtacha narx bo'yicha hisoblagichda hisobga olinib, iste’mol qilingan elektr energiya uchun tolov olinadi.
5.Mahsulotning energiya sig’imi