1. ies-issiqlik elektr stantsiya iesda elektr energiyani hosil qilish jarayoni



Yüklə 465,43 Kb.
səhifə14/16
tarix13.12.2022
ölçüsü465,43 Kb.
#74339
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
energiya tejamkorligi (2)

2. Biomassa energiyasi
Biogaz energiyasi. Zamonaviy texnika va texnologiyalar tiklanadigan energiya manbalardan foydalanish istiqbollarini ochib bermoqda. Ilmiy va amaliy ishlarni shu yo‘nalishga yo‘naltirish, organik yoqilg‘i iste’molini kamaytirishga yordam beradi.
Bioenergetika – tiklanuvchi energiya manbai bo‘lib, energiya qishloq xo‘jaligi, hamda maishiy chiqindilarni qayta ishlash asosida olinadi. Hosil qilinadigan energiyaning birlamchi turi – biogaz, ikkilamchisi – elektr energiya. «Alholmens Kraft Ab» nomli Finlandiya kompaniyasi 550 MVt issiqlik energisi, hamda 240 MVt elektr energiya ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng katta biomassa yoquvchi stansiyani ishga tushirdi. Stansiya asosan yog‘och qoldiqlari va torf yoqilg‘ilaridan foydalanadi. Elektr stansiyada 1 soatda 1000 m3 bioyoqilg‘ini yoqib energiya oladi. YOqilg‘i yoqiladigan qozonning pastgi (asosi) diametri 8,5 m va 40 m va balandlikdagi yuqori diametri 24 m ni tashkil qiladi. Elektr stansiyani bioyoqilg‘i bilan ta’minlash uchun 1 kunda 120 ta yuk tashish mashinalaridan foydalaniladi. Stansiyada yoqilg‘i sifatida toshko‘mirdan ham foydalanishi mumkin. O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va agrosanoati rivojlangan davlat ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, bioenergetika kelajagi tez rivojlanadigan energetika sohasi bo‘lib qoladi.
3. Tok kuchi elektr quvvati va foydali ish koeffitsienti bilan tanishib chiqish
Elektr toki Zaryadli zarralarning tartibli oqimi elektr toki deyiladi. Tok – bu zaryadli zarralar oqimi.  Tok kuchi deb oʻtkazgichning koʻndalang kesim yuzasidan vaqt birligi ichida oʻtayotgan zaryad miqdoriga aytiladi. Simning koʻndalang kesim yuzasini tasavvur qiling. Simning yuzasiga yaqin turing va oʻtayotgan zaryad zarralarini sanang. Bir sekund ichida nechta zaryad koʻndalang kesim yuzasidan oʻtganini qayd qiling. Biz musbat zaryad harakatlanayotgan yoʻnalishdagi tok kuchining ishorasini musbat deb belgilaymiz. Quvvat – bu vaqt birligida bajarilgan ish. Quvvatning birligi joul/sekund, ushbu birlik xalqaro birliklar sistemasida vatt (uatt) deb ataladi. Elektr zanjiri quvvatni uzata oladi. Tok kuchi – vaqt birligida oqayotgan zaryad miqdori, kuchlanish esa birlik zaryadni koʻchirishda bajarilgan ish. Elektr quvvat kuchlanishning tok kuchiga koʻpaytmasiga teng. Birligi – vatt.

Yüklə 465,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin