1.Issiqlik energetikasi Issiqlik energetikasi - issiklik texnikasi tarmogʻi; issiklikni, asosan, mexanik va elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan energetika. Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishda asosiy qismi issiklik dvigatelitsan iborat boʻlgan issiklik qurilmalari qoʻllaniladi. Bu qurilmalarda hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish stanoklari, konveyerlar va b.) ni yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr mexanik ge-neratorlarni ishga tushiradi. Issiqlikni elektr-mexanik generatorlarsiz ham, yaʼni energiyani toʻgʻridantoʻgʻri aylantirish kurilmalarida, mas, mag-nitoelektrodinamik generatorlar, ter-moelektr generatorlar va b. da ham elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Zamonaviy I. e. ning asosi umumiy elektr energiyasi miqdorining koʻp qismini ishlab chiqaruvchi muqim (statsionar) bugʻ turbinali issiklik elektr stansiyasi hisoblanadi. Magis-tral gaz kuvurlarini energiya bilan taʼminlash va tigʻiz payt (pik) nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr stansiyalari ishlatiladi. Asosiy elektr bilan taʼminlanish manbalari, yaʼni kondensatsion elektr stansiyalarilan tashkari issiklik elektr markazi, atom elektr stansiyasi ham bor. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiklikning solishtirma sarfini taxminan 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bugʻ-gaz turbinali kurilmalar keng ishlatilmoqda.
Quvvatli elektr stansiyalar uchun tarkibida magnitogidrodinamik generatorlar boʻlgan va odatdagi bugʻ-gaz turbinali stansiyalar bilan birgalikda ishlatiladigan kuril-malar ishlab chiqilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalari (teplovoz, avtomobil va b.) ga oʻrnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Uchish apparatlariga porshenli aviatsiya dvigatellari, reaktiv dviga-tellar va b. oʻrnatiladi.
2.Noan’anaviy energiya turlari. Noan’anaviy energiya turlari. O’zbekistonda noan‘anaviy energiya manbalaridan foydalanish xalq xo’jaligida bir qancha masalalarni yechishga imkon beradi. Masalan: Organik yoqilg’i manbalarini tejash. Ekologiya holatini yaxshilash. Aholining uzoq turar joylarida (havo uzatuvchi liniyalari va yoqilg’i yetkazib berish imkoniyati bo’lmaganda) energiya va issiqlik bilan ta‘minlash. Ayniqsa hozirgi kunda organik yoqilg’i tanqisligi vaqtida O’zbekistonga noan‘anaviy energiya manbalarini kiritish maqsadga muvofiq. O’zbekiston Energetika vazirligi tizimida 1,0 mlrd kVt • soat elektroenergiya ishlab chiqaruvchi va o’rnatilgan quwati 226 mVt ni tashkil etuvchi 22 ta kichik GES lar mavjud. Respublikada kichik gidroenergetikani rivojlantirish buyurt-machilarning qurish va loyihalash ishlari Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga kiradi Kichik gidroenergetikani rivojlantirish muammosini hisobga olgan holda xo’jaliklararo kichik GES laming elektr energiyasi iste‘molchilarini paychilik ishtirokida qurilishini amalga oshirish lozim. Bundan tashqari kichik GES laming asosiy mukammal asbob-uskunalarini ishlab chiqarish masalasini hal qilish, kichik GES lami doimiy shaxs ishtirokisiz ham xizmat ko’rsatish imkonini beradigan avtomatika va telemexanika komplekslari bilan jihozlashni talab qiladi. Quwati 30 MVt bo’lgan taqsimlangan parabola - silindrik bir konturli KIES. Bu loyihalash ishlarining amalga oshirilish muddati byudjet kapital qo‗yilmalari hisobiga moliyalashtirish imkoniyatidan aniqlanadi. O’zbekistonda shamol tezligi nisbatan kuchsiz, shuning uchun shamol energetik qurilmalarini keng qo’llashning imkoni yo’q. Shunga qaramay 1992- yilda Farhod GES va atrofida quwati 16 kVt bo’lgan shamol qurilmalari ishlatish tajribasini olish maqsa-dida ishlashga joriy qilindi. Shamol xarakterini mavsumiylikni va shamolsiz davrlarni hisobga olgan holda shamol qurilmalarini energiya ta‘minoti tushuvi oson ko’chadigan joylarda qo’llash lozim.