1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi



Yüklə 168,3 Kb.
səhifə47/51
tarix08.05.2023
ölçüsü168,3 Kb.
#109392
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq

205. Kazus
«Bobir» firmasi «Non» AJning iltimosiga ko’ra, non chiqarish uskunasini sotib olish uchun 1.000.000 so’mni «Non» AJ hisobiga o’tkazdi. Pul o’tkazish «Non» AJning xatiga asoslangan bo’lib, unga ko’ra pul 60 kundan keyin qaytarilishi kerak edi. Ko’rsatilgan muddat o’tganidan keyin «Non» AJ pulni qaytarmadi. Va «Bobir» firmasi xo’jalik sudida da’vo qo’zgatdi. Xo’jalik sudida AJning vakili tomonlar o’rtasida kredit munosabati sodir etilmaganligini, tashkilotlarga kredit berish bank faoliyatining bir turi ekanligini va bunday faoliyat bilan faqat Markaziy Bankdan lisenziya olgan tashkilotlar shug’ullanishi mumkinligi, firmada esa bunday lisenziya yo’qligini bayon qildi.
Firma manfaatlarini himoya qilayotgan advokat esa, tomonlar o’rtasida kredit shartnomasi emas, qarz shartnomasi tuzilganligini aytdi. Qarz shartnomasini tuzish uchun esa lisenziya talab qilinmay¬di. Bundan tashqari advokat sudda qarz shartnomasining kredit shartnomasi va bank omonati shartnomasidan farqlashni taklif qildi.
Bu nizoda kim haq? Qarz shartnomasi, kredit shartnomasi va omonat shartnomasini tavsiflang.

206. Kazus
Nigoraga qarindoshlari yangi yil kuni 5 mln so’m pul va palto hadya qildi. Pul va paltoni saqlashni Nigora kursdosh dugonasiga topshirdi va o’zi olti oylik komandirovkaga ketdi. Komandirovkadan qaytgandan so’ng u omonatni olgani borganda dugonasi uning talablarini rad etdi. Nigora fuqarolik ishlari bo’yicha Samarqand sudiga murojaat qildi. Biroq sud da’vo azrizasini ko’rib chiqish vaqtida dugonasi Nigoraga pulni va paltoni qaytardi. Biroq Nigora palto umuman boshqa rangda ekanligini va uni qolgan ikkita dugonasi ham tasdiqlashini ma’lum qildi va o’zining paltosini berishni talab qildi. Biroq sud Nigoraning talablarini qanoatlantirmadi.
Vaziyatga huquqiy baho bering?

Kazus
207. Sudga fuqaro Jalol jiyani Sherzodning merosidan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida pul summasi undirib berishni so’rab da’vo arizasi bilan murojaat qildi. (bu yerda Jalol Sherzodga qarz berganini iddao qilmoqda)
Buncha miqdordagi pul summasini qarindoshi Sherzodga avtomobil sotib olishi uchun berganligini ta’kidladi.
Sherzodning vafotidan keyin avtomobil uning merosxo’rlariga o’tib ketdi. U sud jarayonida pulni qarzga berganligini aytdi. Buni sudda 3 kishi tasdiqladi.
Sud qanday qaror qabul qilishi kerak. Oliy sud plenumining qarorlariga va FKning qarz shartnomasiga tegishli normalari o’rganib javoblar yozing.


Yüklə 168,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin