QOIDALARI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy) hamda fan doktori (Doctor of Sciences) dissertatsiyasi (bundan buyon matnda dissertatsiya deb yuritiladi) va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2665-2, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2665-2/0310-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Dissertatsiyani rasmiylashtirishda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
matn tahririy jihatdan ravon, xatosiz va uni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarga muvofiq hamda mantiqiy bog‘liqlikda bo‘lishi;
dissertatsiyaning tarkibiy qismlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikda hamda tushunarli ravishda mantiqiy izchillikda yoritilishi;
har bir bobda ishning mazmun-mohiyati tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda tizimli ravishda ochib berilishi;
har bir bobning oxirida tadqiq qilingan muammolar bo‘yicha xulosa va takliflar berilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
bayon qilingan xulosa dissertatsiya tadqiqotining mantiqiy hosilasi sifatida ishonchli manbalar asosida aniq va qisqa ifodalanishi, chuqur fikr-mulohazalar, yetarli ilmiy dalillar asosida isbotlangan bo‘lishi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Dissertatsiyani avtoreferatida tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ishning ilmiy yangiligi, amaliy va ilmiy natijalarining amaliyotga joriy etilganligi hamda ishning mohiyati ochib berilganligi, shuningdek xulosalari bayon etilishi lozim.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Dissertatsiyani rasmiylashtirish
(2-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1-§. Dissertatsiyaga qo‘yiladigan talablar
(birinchi paragraf O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Dissertatsiyani rasmiylashtirish doktorant yoki mustaqil izlanuvchining xohishiga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Dissertatsiyaning titul varag‘i mazkur Qoidalarning 1 va 1a-ilovalariga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
5. Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim:
mundarija;
Oldingi tahrirga qarang.
kirish (dissertatsiya annotatsiyasi);
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
shartli belgilar va atamalar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);
ilovalar (mavjud bo‘lsa).
6. Dissertatsiyaning mundarijasida boblar va paragraflarning nomlanishi hamda ularning beti ko‘rsatiladi.
7. Dissertatsiyaning kirish qismi tadqiqotning mohiyati to‘g‘risida qisqa, lekin yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon berishi kerak. Mazkur qismda dissertatsiya tadqiqoti mohiyatini tavsiflaydigan asosiy ma’lumotlar puxta tahrir qilingan, qisqa, aniq va ravon bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak:
dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati;
tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi uchun);
muammoning o‘rganilganlik darajasi;
Oldingi tahrirga qarang.
dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2665-2, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2665-2/0310-son)
tadqiqotning maqsadi;
tadqiqotning vazifalari;
tadqiqotning obyekti;
tadqiqotning predmeti;
tadqiqotning usullari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqotning amaliy natijalari;
tadqiqot natijalarining ishonchliligi;
tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati;
tadqiqot natijalarining joriy qilinishi;
tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi;
tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi;
dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
9. Dissertatsiyaning asosiy qismida ishning mazmun-mohiyati bayon qilinadi. Asosiy qism — boblar va paragraflardan tashkil topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat bo‘lishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
11. Dissertatsiya xulosasida dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq keltiriladi. Xulosa tahririy jihatdan puxta, qisqa, aniq va ravshan ifodalanib, bandlangan (raqamlangan) holda rasmiylashtiriladi.
12. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati dissertatsiya matnida havola qilingan barcha ilmiy va boshqa nashrlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak.
13. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi:
normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar;
monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar;
foydalanilgan boshqa adabiyotlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Dissertatsiyada foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Dissertatsiyada foydalangan materiallar manbai, uning muallifi va nomi to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Dissertatsiyada ilmiy ish yozishda ishtirok etgan hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, ular dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida qayd etilishi shart.
15. Dissertatsiyaning shartli belgilar va atamalar ro‘yxati qismida dissertatsiya matnida nisbatan ko‘p uchraydigan maxsus belgilar va qisqartma so‘zlarga izoh berilishi kerak.
16. Dissertatsiyaning ilovalari dissertatsiyaning asosiy matni bilan birga bitta jildga jamlangan yoki alohida jild shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilovalarga dissertatsiya matnini to‘ldiradigan va tasvirlaydigan yordamchi materiallar kiritilishi mumkin.
Ilovalarning ketma-ketligi dissertatsiya matnida ularga havola qilish tartibiga mos kelishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Dissertatsiya matnining rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar
(ikkinchi paragraf O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining hajmi esa, 100 varaqdan oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kiritilmaydi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Dissertatsiya matni A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,5 qator oralig‘ida (“polutorniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 14 o‘lchamli shriftda “Misrosoft Word” matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
19. Betlar titul varag‘idan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o‘ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varag‘iga 1 raqami qo‘yilmaydi.
20. Dissertatsiyaning mundarijasi, kirish qismi, har bir bobi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.
21. Dissertatsiya tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari (“Mundarija”, “Kirish”, “Xulosa”, “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” va boshqalar) bosh harflarda yoziladi.
22. Boblar rim raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi.
Boblar va paragraflar sarlavhalarining yuqori va pastki qismidan 12 o‘lchamli (“pt”) oraliq qoldirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Dissertatsiya matnida foydalanilgan adabiyotlardan olingan materialga havola satr osti eslatmalarda keltiriladi yoki uning foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi tartib raqami va shu adabiyotga iqtibos material joylashgan bet qavs ichida, dissertatsiya matnining o‘zida alohida ko‘rsatiladi (masalan: [1; 25 — 26-b.]).
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
24. Surat, fotosurat, grafik, chizma, diagramma va shu kabilar “rasm” so‘zi bilan ifodalanib, ular varaqda ko‘rish uchun qulay tarzda joylashtirilishi kerak.
25. Rasmlar ular joylashgan boblar tartib raqami ko‘rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, rasmning pastida o‘rta qismida raqamlanadi (masalan: “1.1-rasm.”), ilovalarda keltirilgan rasmlar bundan mustasno.
Har bir rasm nomlanishi kerak. Rasmning nomi uning ostiga yoziladi.
Zarur hollarda rasmga izoh berilishi mumkin va u ham rasmning ostiga qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Raqamli materiallar jadval ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Jadvallar ular joylashgan boblar tartib raqami ko‘rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, jadvalning tepa o‘ng burchak qismida raqamlanadi (masalan: “1.1-jadval.”).
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Har bir jadval nomlanishi kerak. Jadvalning nomi uning ustiga yoziladi.
27. Dissertatsiya matnida beriladigan formulalar (tenglamalar) “Misrosoft Word” matn redaktorining “Formula” funksiyasi yordamida aniq yozilgan bo‘lishi shart. Katta va kichik harflar, yuqori va pastki indekslar formulada aniq berilishi kerak.
Formula uchun belgilarning o‘lchami quyidagicha ifodalanishi tavsiya etiladi:
katta harflar va raqamlar 5-6 mm;
kichik harflar 3 mm dan kam bo‘lmagan;
daraja ko‘rsatkichlari va indekslari 2 mm dan kam bo‘lmagan hajmda.
Formula va tegishli material “LaTeX” formatida berilishi mumkin.
Belgilarning ma’nolari bevosita formula ostida ularning formuladagi ketma-ketligi bo‘yicha beriladi. Har bir belgining ma’nosi yangi qatordan berilishi lozim. Berilgan ma’nolarning birinchi qatori “bunda” degan so‘z bilan ikki nuqtasiz boshlanadi.
Formulalar matndan alohida bo‘sh qatorlar bilan ajratib yoziladi. Har bir formulaning yuqori va pastki tomonlaridan 12 o‘lchamli (“pt”) oraliq qoldirilishi kerak.
Agar tenglama bitta qatorga sig‘masa, sig‘magan qism tenglik belgisi “=” yoki qo‘shish “+”, ayirish “–”, ko‘paytirish “x” va bo‘lish “:” belgilaridan keyin ko‘chirilishi kerak.
Har bir formula u joylashgan bob tartib raqami ko‘rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, formulaning o‘ng tomonida qavs ichida raqamlanadi (masalan: “(1.1)”).
28. Dissertatsiya matnida ko‘rsatilgan rasm, jadval yoki formulaga havola qilinganda, qavs ichida tegishli rasm, jadval yoki formulaning raqami (belgisi) keltirilib, “qarang” degan so‘z qo‘llaniladi (masalan: (“1.3-jadvalga qarang”).
29. Dissertatsiya matnida beriladigan izohlar izchil ketma-ketlikda raqamlanadi (masalan: “Izoh 1.:”).
30. Dissertatsiya matnida ko‘rsatilgan shaxslarning F.I.O. hamda tashkilot va mahsulotlarning nomlari va boshqa atoqli otlar o‘zgartirilib yozilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
31. Dissertatsiyaning ilovalari alohida betlarda rasmiylashtirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi va “ilova” degan so‘z bilan ifodalanadi (masalan: “1-ilova”). Ilova tegishli sarlavhaga ega bo‘ladi.
Ilovalar dissertatsiyadan alohida jildda rasmiylashtirilganda, jildning titul varag‘ida dissertatsiya mavzusining nomi va uning ostida bosh harflar bilan “Ilovalar” degan so‘z yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish
(3-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1-§. Dissertatsiya avtoreferatiga qo‘yiladigan talablar
(birinchi paragraf O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Dissertatsiya avtoreferati risola ko‘rinishida tayyorlanib, uning muqovasi mazkur Qoidalarning 2 va 2a-ilovalariga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Bunda asosiy muqovasi oq-yaltiroq qog‘ozda va ichki muqovalari (o‘zbek, rus va ingliz tillarida alohida) oq qog‘ozda rasmiylashtiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
33. Dissertatsiya avtoreferati asosiy muqovasining orqa tomonida dissertatsiya avtoreferatining mundarijasi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ichki muqovalarning orqa tomoni mazkur Qoidalarning 3 va 3a-ilovalariga muvofiq shaklda, tegishlicha rus va ingliz tillariga tarjima qilingan holda rasmiylashtiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
35. Dissertatsiya avtoreferati quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
kirish (dissertatsiya annotatsiyasi);
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
dissertatsiyaning asosiy mazmuni;
xulosa;
e’lon qilingan ishlar ro‘yxati.
36. Dissertatsiya avtoreferatining kirish qismi dissertatsiyaning kirish qismi bilan aynan bir xil bo‘lishi lozim.
37. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni qismida dissertatsiyaning mohiyati qisqacha bayon qilinib, tadqiqot maqsadiga erishilganligi va vazifalarining bajarilganligi ko‘rsatib berilishi kerak.
38. Xulosa qismida dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha xulosalar, taklif va tavsiyalar hamda amaliyotga joriy etilishi mumkin bo‘lgan natijalar keltiriladi.
39. E’lon qilingan ishlar ro‘yxatida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Ular quyidagi xronologik tartibda keltirilib izchil ketma-ketlikda raqamlanadi:
monografiya;
patent;
ilmiy maqola;
ilmiy to‘plamlar va boshqa nashr ishlari.
40. Nashr qilingan ilmiy ishlar ro‘yxati quyidagi ikki bo‘limdan iborat bo‘lishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi bo‘limda — tegishli ilmiy nashrlarda chiqarilgan ilmiy ishlar va olingan patentlar ko‘rsatiladi;
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2665-2, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2665-2/0310-son)
ikkinchi bo‘limda — boshqa ilmiy nashrlar.
41. Zarur hollarda, avtoreferatda muhim bo‘lgan rasm, jadval hamda formulalar va shu kabilar ko‘rsatilishi mumkin. Ular butun avtoreferat bo‘yicha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Dissertatsiya avtoreferati matnining rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar
(ikkinchi paragraf O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati o‘zbek va rus yoki ingliz tillarida 2 bosma taboq, har bir tilda 1 bosma taboq hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (rus yoki ingliz) qisqacha mazmuni ham beriladi.
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati o‘zbek va rus yoki ingliz tillarida 3 bosma taboq (har bir tilda 1,5 bosma taboq) hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (rus yoki ingliz) qisqacha mazmuni ham beriladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Dissertatsiya avtoreferati quyidagi texnik talablarga muvofiq tayyorlanadi va risola shaklida chop etiladi:
matn A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining bir tomonida joylashtiriladi;
matn 1 qator oralig‘ida (“odinarniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1 sm ga teng va bir xilda bo‘ladi;
risolaning o‘lchami 21 x 14,5 sm bo‘ladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
44. Betlar asosiy muqovadan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o‘ng burchagida “5” raqamidan boshlab yoziladi. Asosiy muqova va uning orqa tomoni hamda ichki muqovalar va ularning orqa tomonlariga tegishli betning raqami qo‘yilmaydi.
45. Dissertatsiya avtoreferati tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari (“Mundarija”, “Kirish (Doktorlik dissertatsiyasi annotatsiyasi)”, “Dissertatsiyaning asosiy mazmuni”, “Xulosa”, “E’lon qilingan ishlar ro‘yxati”) bosh harflarda yoziladi. Ularning tagidan 12 o‘lchamli (“pt”) oraliq qoldirilishi kerak.
46. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b B. AXMEDOV
2015-yil 16-mart
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. VAHABOV
2015-yil 16-mart
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 16-mart
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 17-mart
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2015-yil 17-mart
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2015-yil 17-mart
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2015-yil 18-mart
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi Sh. SALIXOV
2015-yil 18-mart
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijro apparati rahbari O. PARPIYEV
2015-yil 18-mart
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
1-ILOVA
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi titul varag‘ining
ShAKLI
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
1a-ILOVA
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi titul varag‘ining
ShAKLI
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
2-ILOVA
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasining
ShAKLI
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
2a-ILOVA
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasining
ShAKLI
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
3-ILOVA
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining
ShAKLI
Izoh: mazkur Shakl “Times New Roman” matn redaktorining 11 o‘lchamli shriftda rasmiylashtiriladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
3a-ILOVA
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining
ShAKLI
Izoh: mazkur Shakl “Times New Roman” matn redaktorining 11 o‘lchamli shriftda rasmiylashtiriladi.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 15-son, 185-modda; 2017-y. 25-son, 573-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2665-2/0310-son)
Dostları ilə paylaş: |