1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim



Yüklə 55,69 Kb.
tarix17.09.2023
ölçüsü55,69 Kb.
#144845
527 18.08.2021




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.04 Davlat oliy ta’lim muassasalari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari;

3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim;

2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-son qaroriga muvofiq hamda talabalarga oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-son qarori 1-bandiga muvofiq:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari talabalariga ajratiladigan ta’lim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etilganligi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
ushbu Jamg‘armaga Davlat budjetidan 2021-yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillarda esa haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘ ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
ta’lim kreditlari bo‘yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari o‘rtasida taqsimlash hamda Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘larning bir qismini tijorat banklari tomonidan garov depoziti sifatida qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt to‘lovlari uchun kredit ajratish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Jamg‘arma tomonidan ta’lim kreditlari uchun mablag‘lar ajratishda tijorat banklariga qo‘yiladigan muvofiqlik mezonlarini o‘rnatish.
3. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda ta’lim kreditlari, shu jumladan, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tartibi va uning ijtimoiy ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamg‘armalarining ro‘yxati quyidagi mazmundagi 20-band bilan to‘ldirilsin:
“20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-avgust,
527-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/378/0609-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari)da (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkiloti) va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini (keyingi o‘rinlarda — ta’lim kreditlari) ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/378/0609-son)
Ushbu Nizom qoidalari:
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan;
tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ta’lim kreditlarini berish tijorat banklari tomonidan ularning qaytarilishi, to‘lovliligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga (keyingi o‘rinlarda — kredit oluvchi) beriladi.
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Ta’lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
4. Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, ta’lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to‘lash ta’lim tashkilotiga mablag‘lar o‘tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa kredit oluvchi tomonidan ta’lim tashkilotida ta’limning ushbu turi bo‘yicha o‘qishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng yettinchi oydan boshlab amalga oshiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmonining 10-bandi “a” kichik bandida belgilangan qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga ajratilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari Jamg‘arma hisobidan qoplab beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdgai 378-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/378/0609-son)
2-bob. Tijorat banklariga qo‘yiladigan muvofiqlik mezonlari va ularga mablag‘lar ajratish tartibi
5. Jamg‘arma tomonidan ta’lim kreditlari uchun mablag‘lar ajratishda tijorat banklariga nisbatan quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
tijorat bankida ta’lim kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibning mavjudligi;
tijorat banki “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poor’s” reyting agentliklarining “V” darajasidan yoki “Moody’s Investors Service” reyting agentligining “V2” reytingidan past bo‘lmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega bo‘lishi;
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar bo‘yicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi. Agar tijorat banki uch yildan kam muddat faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, tijorat bankining faoliyat yuritgan yillar uchun moliyaviy hisobotlari bo‘yicha auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lishi;
bankning regulyativ kapitali 500 milliard so‘mdan kam bo‘lmasligi;
bank Davlat budjeti mablag‘lari, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi;
Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan ta’lim krediti berilishiga to‘sqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud bo‘lmasligi.
Moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni murojaat etuvchi tijorat banklardan, mazkur bandning yettinchi xatboshisida keltirilgan ma’lumotlarni Markaziy bankdan belgilangan tartibda so‘rab oladi.
Moliya vazirligi tijorat banklarining muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda Markaziy bankdan ularning moliyaviy holati to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin.
6. Tijorat banklari mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat va ma’lumotlarni Jamg‘armaga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjat va ma’lumotlar Jamg‘arma tomonidan besh ish kunida ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganiladi.
Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari bilan Moliya vazirligi o‘rtasida ta’lim kreditlari uchun mablag‘lar ajratish yuzasidan Bosh bitim (keyingi o‘rinlarda — Bosh bitim) tuziladi.
Jamg‘arma tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan mablag‘lar bankning birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
7. Tijorat banklari mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida yozma tarzda xabardor qilinadi.
8. Moliya vazirligi doimiy ravishda mazkur Nizom doirasida Moliya vazirligi bilan Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining ro‘yxatini o‘zining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.
9. Moliya vazirligi tijorat banklariga ta’lim kreditlari ajratish uchun 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga depozit mablag‘larni joylashtiradi.
10. Tijorat banklari ta’lim krediti olish istagini bildirgan kredit oluvchilar reyestrini (keyingi o‘rinlarda — Reyestr):
to‘lov-kontrakt miqdorining 25 foizi bo‘yicha — kredit oluvchilardan har yili 1-sentabrga qadar kredit olish uchun kelib tushgan arizalar asosida;
to‘lov-kontrakt miqdorining 50, 75 va 100 foizi bo‘yicha — o‘quv yili davomida ta’lim krediti shartnomasi tuzgan kredit oluvchilar ehtiyoji hisob-kitobidan va har yili, mos ravishda, 15-dekabr, 15-mart va 15-iyunga qadar kredit olish uchun yangi kelib tushgan arizalar asosida shakllantiradi.
11. Tijorat banklari har chorak uchun shakllantirilgan reyestrlar asosida 5-sentabr, 20-dekabr, 20-mart va 20-iyunga qadar Jamg‘armaga ta’lim krediti uchun mablag‘larni olish maqsadida buyurtmanomani taqdim qiladi.
Tijorat banklari tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatlarga qadar shakllantiriladigan Reyestrga asosan Jamg‘armaga bir yoki bir necha marta buyurtmanoma taqdim etishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan fuqarolarning ta’lim kreditiga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish maqsadida tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan mazkur Nizomda belgilangan shartlarda ajratilgan ta’lim kreditlari Moliya vazirligidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qayta moliyalashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan ta’lim tashkilotlari qabul parametrlariga o‘zgartirish kiritilishi va boshqa sabablarga ko‘ra mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan muddatlardan keyin taqdim etilgan arizalar asosida tijorat banklari Reyestr shakllantirib boradi va har oyning 15-sanasi va oxirgi sanasida Jamg‘armaga buyurtmanoma yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ta’lim tashkilotlari o‘quv yili davomida to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgargan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
14. Jamg‘arma buyurtmanomalar kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida tijorat banklari bilan Moliya vazirligi o‘rtasida ta’lim krediti uchun mablag‘larni ajratish bo‘yicha depozit shartnomasi imzolab, ushbu mablag‘larni tijorat banklarining tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
15. Bosh bitimga muvofiq Jamg‘arma mablag‘larni tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga past stavkada joylashtiradi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda Moliya vazirligi va tijorat banklari o‘rtasida tuzilgan ta’lim krediti uchun mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi depozit shartnomasiga foiz stavkasini tegishli davr uchun mos ravishdagi foiz bandga tushirish bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi ko‘tarilgan taqdirda, ta’lim krediti uchun mablag‘larni ajratish bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.
16. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan ta’lim krediti uchun mablag‘larni qaytarish va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash tijorat banklari va Moliya vazirligi o‘rtasida tuzilgan depozit shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
17. Ta’lim kreditlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit tavakkalchiliklarini o‘zaro taqsimlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan Bosh bitimga muvofiq tijorat banklariga joylashtirilgan mablag‘larining 50 foizini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga garov depoziti sifatida qo‘yish bo‘yicha tijorat banki va Moliya vazirligi o‘rtasida garov shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — garov shartnomasi) tuziladi.
3-bob. Ta’lim kreditini rasmiylashtirish va ajratish tartibi
18. Kredit oluvchi ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
b) talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
(18-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
v) bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar.
19. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan bir vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, jumladan fuqarolik pasportini yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasini shaxsan ko‘rsatadi. Bank taqdim etilgan hujjatlardan zarur ko‘chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.
20. Tijorat banklari kredit oluvchi tomonidan ta’lim krediti berishni so‘rab bankka taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqishi va ta’lim krediti shartnomasini imzolashi yoki kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi ko‘rsatilgan holda javob xati berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ta’lim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt)da ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Bunda, keyingi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnomada belgilangan to‘lov miqdori va ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizadan kelib chiqib, kredit miqdori ta’lim krediti shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv imzolash orqali oshirib boriladi.
22. Ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan shartlar tijorat banki va kredit oluvchi o‘rtasida tuziladigan ta’lim krediti shartnomasida aks ettirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tijorat banklari tomonidan ta’lim krediti kredit oluvchining ssuda hisobvarag‘idan uning shaxsiy yozma topshirig‘i asosida kredit oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) yoki hisob varaqasi/fakturasida ko‘rsatib o‘tilgan hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar ta’lim tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan ta’lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Tijorat banklari kredit oluvchining yozma arizasiga asosan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnomasida (kontraktida) nazarda tutilgan hollarda o‘qishning yarim yil yoki to‘liq bir yil uchun to‘lov summasini biryo‘la amalga oshirishi mumkin.
25. Tijorat banklari Moliya vazirligidan jalb qilingan, biroq kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditining o‘zlashtirilmagan qismi miqdordagi mablag‘larni 24-bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan mos muddatlardan so‘ng uch ish kuni mobaynida Moliya vazirligiga qaytaradi.
26. Kredit oluvchining tijorat bankidan olgan ta’lim krediti bo‘yicha muddati o‘tgan foiz qarzdorligi mavjud bo‘lsa yoki muntazam ravishda to‘lov muddatini o‘tkazib kelgan bo‘lsa, tijorat banki ta’lim krediti shartnomasida belgilangan tartibda kredit oluvchiga to‘lov-kontraktning navbatdagi qismi bo‘yicha yoki keyingi yillar uchun ta’lim kreditini ajratishni rad etishi mumkin.
4-bob. Kreditni qaytarish va kredit monitoringini amalga oshirish tartibi
27. Asosiy qarz va foiz to‘lovlari kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) tomonidan ta’lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda to‘lanadi.
28. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) ta’lim kreditini ta’lim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir.
29. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari va asosiy qarzni ta’lim krediti shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa, tijorat banki ta’lim krediti bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni o‘zining ichki hujjatlariga asosan qaytarish choralarini ko‘radi.
30. Ta’lim kreditining asosiy qarzi va (yoki) foizi bo‘yicha 180 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelganda bank garov shartnomasiga muvofiq o‘zining Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlarini ta’lim kreditining asosiy qarzi qoldig‘ining 50 foizi miqdoriga kamaytirish yuzasidan tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi va bu haqda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Moliya vazirligini xabardor qiladi.
31. Tijorat bankining Moliya vazirligi oldida o‘z majburiyatini mazkur Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan holatlarda kamaytirishi kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi)ning bankka ta’lim krediti bo‘yicha foiz va asosiy qarzni to‘liq to‘lash majburiyatidan ozod etmaydi.
32. Agar ta’lim krediti tijorat bankining Moliya vazirligi oldidagi majburiyati kamaytirilgandan so‘ng to‘liq yoki qisman qaytarilsa, tijorat banki qaytarilgan mablag‘ning 50 foiziga teng miqdorda o‘zining Moliya vazirligi oldidagi majburiyatini oshiradi va qaytgan mablag‘dan ushbu majburiyatni so‘ndiradi.
Tijorat banki qaytarilgan mablag‘ning qolgan qismini kredit oluvchining tijorat banki oldidagi qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltiradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
33. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida” 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 43-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 1-martdagi 43-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 13-modda) ilovaning 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda) 2-ilovaning 9-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 22-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 11-dekabrdagi 327-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 92-modda) ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/527/0804-son; 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son; 15.08.2023-y., 09/23/378/0609-son)

Yüklə 55,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin