1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]


IV. Aholining zaif qatlamlari mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlardan foydalanishini kengaytirish



Yüklə 213,91 Kb.
səhifə7/8
tarix11.10.2023
ölçüsü213,91 Kb.
#154059
1   2   3   4   5   6   7   8
PF-175 25.07.2022

IV. Aholining zaif qatlamlari mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlardan foydalanishini kengaytirish

18.

Inson kapitaliga investitsiyalar yo‘naltirish orqali ishsiz shaxslarni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash.

1. Har yilgi Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirishda Mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlarga (keyingi o‘rinlarda — MBFCh) ajratilgan resurslarni inson kapitalini rivojlantirishga, ya’ni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish, tadbirkorlikka jalb qilish kabi dasturlarga yo‘naltirish hamda shu bilan birga jamoat ishlariga jalb qilingan band bo‘lmagan aholi ulushini kamaytirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2. Ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiya-lari bo‘yicha o‘qitish, kasbga yo‘naltirish.

Har yili

10-maqsad: Ishsiz shaxslarni qo‘llab-quvvatlashni inson kapitaliga investitsiyalar orqali amalga oshirish

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari doirasida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Maxkamova),
Yoshlar ishlari agentligi
(Sa’dullayev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Norqulov),
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(Ubaydullayev)

19.

Resurslar, shu jumladan, budjet mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash maqsadida MBFCh natijalarini muntazam monitoring qilib borish.

Mavjud MBFCh dasturlarini doimiy ish bilan ta’minlash nuqtai nazaridan baholash.
O‘rganish natijalaridan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasiga dasturlarni optimallashtirish va natijadorligi past dasturlarni qo‘llashni to‘xtatish bo‘yicha takliflarni kiritish.

2023-yil avgust

11-maqsad: MBFCh dasturlarining samaradorligini oshirish

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari doirasida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(Ubaydullayev),
Jahon banki (kelishuvga asosan)

20.

Bandlikka ko‘maklashish davlat xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali ko‘rsatish tizimini respublikaning barcha hududlarida joriy etish masalasini o‘rganish.

Bandlikka ko‘maklashish davlat xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali ko‘rsatish bo‘yicha hududlarda kompleks o‘rganish ishlarini tashkil etishning grafigini tasdiqlash.
O‘rganish ishlari natijasi bo‘yicha bandlikka ko‘maklashish davlat xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil noyabr

11-maqsad: MBFCh dasturlarining samaradorligini oshirish

Mablag‘ talab qilmaydi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(Ubaydullayev),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Maxkamova)


Yüklə 213,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin