Inson o'zi kabilar bilan o'zaro aloqada bo'lishga harakat qiladi, chunki bunday aloqalardan zavqlansa kerak. Bizning kuchimiz boshqa odamlar bilan aloqadorlikda bo'lishga faol izlanadi. Ko'pgina hollarda bizning boshqalar bilan munosabatlarimiz qisqa muddatli va ahamiyatsiz bo'ladi. Ammo, agarda ikki yoki undan ortiq kishilar bir-birlari bilan (uzoq) yetarlicha ko'p vaqt yaqin bo'lsalar, ular asta-sekin bir-birlarining mavjudligini va ruhiy yaqinligini tan Ola boshlaydilar. Bunga ketadigan vaqt va anglash darajasi insonlarning o'zaro aloqada bo'lishi va muhitga bog'liqdir. Bałki, bunday anglashuvning natijasi ommaga doim bir xil. Ular haqida boshqalarning nimani o'ylashi va ulardan boshqalar nimani kutishj tushunchasi odamlarni (xulqi) qandaydir yo'sinda o'z xulq-atvorini o'zgartirishga majburlaydi. Bu bilan ular ijtimoiy munosabatlarning mavjudligini tasdiqlaydi. Bu jarayon sodir bo l lganda odamlarning bexosdan yig'ilishi guruhga aylanadi.
Bizning har birimiz bir vaqtning o'zida ko'pgina turli-tuman guruhlarga tegishli bo'lamiz. Biz turli oilaviy guruhlarning azosi: o'zimizning bevosita oilamiz, buvi va buvalar oilasi, uzoq opa-ukalarimiz, turmush o'rtog'imiz va boshqalar. Ko'pgina odamlar bir necha o'rtoqlik guruh)ariga mansub bo'ladilar. Ba'zi guruhlar qisqa muddatli bo'lib, ularning maqsadi oddiy bo'ladi. Maqsadga erishilganda (esa) yoki guruh azolari unga bo'lgan qiziqishlarini yo'qotsa, guruh tarqalib ketadi. Imtixonga birgalikda tayyorlanishga yig'iladigan bir necha talaba bunday guruhlarga misol bo'lishi murnkin. Boshqa guruhlar esa bir necha yil davomida faoliyat yuritib, o'zining a'zolariga qattiq ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunday guruhlarga maktab o'quvchilari uyushmalarini misol qilib keltirish mumkin
Mazkur bobning sarlavhasida «guruh» so'zi keltirilgan bo'lsada, biz guruh haqida yetarlicha ma 'lumot berib o'tdik. Marvin Shouning fikriga binoan. guruh — bu ikki yoki undan ortiq shaxslar bo'lib, bir-birlariga ta'sir ko'rsatib, bir vaqtning o'zida har bir shaxs boshqa shaxslarning ta'siri ostida bo'ladi
Rasmiy va norasmiy guruhlar. Shouning fjkriga ko'ra, har qanday tashkilot bir necha guruhlardan tashkil topadi. Rahbariyat ishchi kuchini garizontal (bo'limlar) va vertikal (menejment darajasi) bo'yicha ajratganda o'zining xohishiga ko'ra guruhlar tashkil etadi. Harbiy dengiz floti yoki «Ekosan» kompaniyasi kabi yirik tashkilotlarning ko'p sonli bo'limlarining har birida o'nlab menejment saviyalari bo'lishi mumkin. Korxonadagi ishlab chiqarishning yana ham kichik bo'limchalari (yig'ish, bo'yash, yasash) bo'lishi mumkin. Bularni, o'z navbatida, yana bo'lish mumkin. Masalan, mexanik ishlov berish bilan shug'ullanuvchi ishlab chiqarish jamoasini uch turli o'n, o'n Olti kishilik jamoalarga bo'lish murnkin. Shu yo'sinda yirik tashkilot yuzlab, hattoki, minglab kichik guruhlardan tashkil topishi mumkin.
Bu guruhlar rahbariyat xohishi asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish rasmiy guruhlari deyiladi. Ular qanchalik kichik bo'lmasin bu rasmiy tashkilotlarning asosiy tashkilot oldidagi birinchi vazifasi aniq vazifa bajarish yoki muayyan tushuncha va maqsadga yetishishdir. Tashkilotda asosan uch turdagi rasrniy guruhlar mavjud: rahbarlar guruhi, ishlab chiqarish guruhi va qo'mitalar.
Rahbarlar guruhi rahbar va uning bevosita bo'ysunuvchilari (o'rinbosarlardan)dan tashkil topadi. Kompaniyaning prezidenti va katta vitse prezidentlar oddiy buyruq beruvchi guruhni tashkil etadi. Chakana savdo do'koni rahbari va uning turli bo'lim mudirlari yoki allaqanday bo'lim mudiri va uning sotuvchilari xuddi shunday guruhni tashkil etadi. Lekin sotuvchilar buyruq beruvchi guruhga kirmaydi, chunki ular unga bevosita bo'ysunmaydi. Yana misol qilib avialaynerdagi buyruq beruvchi guruh deb qo'mondonni, ikkinchi uchuvchi va bosh muhandisni aytib o b tish mumkin.
Rasmiy guruhlarning ikkinchi turi bu — ishchi (maqsadli) guruhi. U asosan yakkayu yagona masala ustida birga ishlovchi shaxslardan tashkil topadi. Ularning umumiy rahbari bo i lsa-da, buyruq beruvchi guruhdan farqi shunda-ki, ular rejalashtirish va mehnat qilishda ancha mustaqildir. «Hyulett-Pakkard», (Shekli korporeyshn», (Motorola», (Teksas Instruments» va (Jenerał Motors» ishchi (maqsadli) guruhlari tarkibiga egadir. (Teksas Instruments» kompaniyasi ishchilarining uchdan ikki qismidan ko'prog'i (90 ming kishidan ziyodroq) maqsadli guruh a'zolari hisoblanadi. Kompaniyaning umumiy samaradorligini oshirish maqsadida ular o'zining byudjetiga 15 % li qo'shimcha haq olishi mumkin. Shu kompaniyaning rahbariyati maqsadli guruh rahbarlar va ishchilar o'rtasidagi to'siqlarni buzadi deb hisoblaydi. Bundan tashqari ishchilarga ishlab chiqarish muammolari haqida o'ylash va ularni yechish imkoniyatlari berilishi ishchilarning ehtiyojlarini yana ham yuqori saviyada qondirishi mumkin. Uchinchi tur rasmiy guruh qo'mita quyida ko'rib o'tiladi.
Barcha buyruq beruvchi va ishchi guruhlari qo'mitalari yakka butun jamoa kabi samarali ishlashi kerak. Keyinchalik biz jamoadagi alohida shaxs faoliyatiga ta'sir etuvchi omillarini ko'rib o'tamiz. Afsuski, bu guruhlarning rahbarlari ba'zan umumiy maqsadga erishish uchun o'zining shaxsiy hissasini qo'shishni o'zining majburiyati deb qaramaydi. Qish rnavsumida ishchi guruhlari va umumiy vazifalar yomon boshqarilishi halokatga (yoki halokat chegarasiga) olib kelishi masalasi muhokamasida quyidagilar aytib o'tilgan:
- avialaynerning uchuvchi bo'linmasida o'tirganlar faoliyati yana ham samarali maqsadli ahamiyat kasb etadi. Shaxsiy tarkib bir maromda ishlashi shart. Boshqacha qilib aytganda, u har bir a'zo faoliyatidan ko'ra yaxshiroq faoliyat yurgizishi kerak. Ayniqsa, yirik aviayo'llarda yaxshi hamkorlikka erishish qiyin. Chunki, uchuvchilar va ikkinchi darajali uchuvchilarning ko'pligi sabali unvonlaridan kelib chiqib uchishni boshqarishga harakat qilinadi. Shuning uchun ular ko'pincha bir-birlari bilan hech qachon ko'rishmagan hamkasblari bilan uchrashadi. Xuddi shunday vaziyat o'zaro o'ynamagan futbolchilardan terma jamoa shakillantirishda vujudga kelishi mumkin. O'yinchilarni futbol o'yinida yuqori maxoratga ega bo'lishiga qaramasdan, ular bir-birlarining imkoniyatlarini bilmasligi uchun qiyinchiliklarni his etishadi.
Endi tashkilotdagi har bir rasmiy guruhni samarali boshqarish qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini isbotlashga hojat qolmadi. Bu o'zaro aloqador guruhlar tashkilotni tizim sifatida yanada mukammalroq tashkil qiladi. Tashkilot tarkibiy bo'limlariga birbirining faoliyatini ta'minlab turish tarzida vazifa yuklatilgandagina o'zining global masalasini samarali bajarishi mumkin.
Bundan tashqari guruh alohida shaxslarning xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatadi. Shu yo'sinda guruh va uning samaradorligiga boshliqning tushunishi darajasi guruhni samarali boshqarish san'atini belgilab beradi va u shu bilan tashkilotning ishlab chiqarish hajmini oshiradi.
Rasmiy bo'lmagan tashkilotlar rahbariyat xohishi asosida tashkil etilmagan bo'lsa-da, ular kuchli kuch bo'lib, tashkilotdagi asosiy bo'lim va rahbariyat xatti-harakatlarini yo'qqa chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari norasmiy ruguhlar bir-biriga o'tish xususiyatiga ega. Ba'zi bir rahbarlar o'zlari bir yoki bir necha shunday norasmiy tashkilotlarga aloqadorligini ko'pincha anglamaydi. Norasmiy guruhlarni o'rganishni boshlagan Elton Meyo o'tkazilgan tajribalar to'plamiga asos soldi. Bu tajribalar kamchiliklarga ega bo'lsa-da, rahbarlarning Ford ta'siridagi tashkilotning ishlab chiqarish jarayonlari o'zgarishi omillarini tushunishiga ta'sir ko'rsatadi. Biz oldin ko'rib o'tgan bo'lsak-da, norasmiy tashkilotlar tabiatni chuqurroq o'rgaanishdan avval bularga yana to'xtalib o'tamiz.