Vaziyatga bog`liqlik nazariyasi
Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog`liqligi nazariyasidir. Bu yerdagi
asosiy g`oya
— lider vaziyatning mahsuli degan g`oyadir. Har bir odamda liderlik
sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning o`zlarini ko`rsatishlari, lider
bo`lishlari uchun qulay hisoblanadi.
Sintetik nazariya
Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo`lgan uchinchi
nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruhiy
munosabatlarning bevosita mahsuli deb qaraydi, liderning ruyobga chiqishida
guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Psixolog A.N. Leontevning faoliyat konsepsiyasiga tayangan holda,
liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda
qabul qilingan normalar va ijtimoiy kutishlarga kim ko`proq javob berishiga qarab
liderni aniqlash mumkin. Ijtimoiy kutishlar nazariyasi hozirda ko`pchilik
tomonidan ma’qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda
9. Superlider kim va qachon
oddiy lider superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mans va Simslarning
fikricha, eng yaxshi lider – bu «superliderdir». Bu shunday shaxski, u o`z
xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o`zlari uchun liderlarga
aylantira oladi. Bundagi asosiy g`oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o`zi
uchun lider bo`la olsa, o`zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga yetkaza
olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-saot yetib keladiki, jamoa o`zi mustaqil
ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo`lmagan
mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir.
Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda
kechadi (pr. ):
I – o`zi uchun lider bo`lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o`zini o`zi
kuzatish, o`zini o`zi rag`batlantirish , hayoliy repititsiyalar va kognitiv tahlillar
orqali o`zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o`zida boshqalarga o`rnak
bo`luvchi sifatlar borligini anglash;
II – yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o`zgalarga namoyish etib,
uning afzalliklariga ishontira olish;
III – xodimlariga o`zlarida tashabbus va o`ziga ishonchni namoyon etish uchun
sharoit yaratish;
IV – mustaqil qobilyat egalari bo`lgan xodimlarni rag`batlantirish, kerak
bo`lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish;
V – o`z-o`zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va ishlarga
xadeb aralashaverishdan o`zini tiyish.
Demak, samarali boshqaruv – aslida ijtimoiy ta’sirni amalga oshirishning
eng namoyishkorona ko`rinishidir. Shu ma’noda, liderlik – avval shaxsning
o`ziga, so`ngra o`zgalarga bera oladigan ta’sirida ko`rinadigan fazilatlar
majmuidir, deb ta’riflanadi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |