1-ilova №202 y. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Tijoarat banklarning kredit siyosati



Yüklə 143,94 Kb.
səhifə4/6
tarix16.12.2023
ölçüsü143,94 Kb.
#183178
1   2   3   4   5   6
Tijоrat banklarining kredit siyosati va unga qo’yilgan talablar

Tijoarat banklarning kredit siyosati
Kreditlash bank ishining o‘zagi bo‘lib, uning sifatiga qarab bankning faoliyati to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Bunda, asosan, kreditlarni boshqarish jarayonining asosiy axamiyat kasb etishiga sabab Shuki, uning sifati bank ishining samradorligiga bog‘liqdir. Iqtisodchilar tomonidan jahon banklarining sinishi (bankrotlikka uchrashi) sabablarini tadqiq qilish Shuni ko‘rsatayaptiki, asosan, banklarning sinishiga sabab – bank aktivlari sifatining (eng avvalo kreditlarning) pastligidir. Kreditning sifati kreditlash jarayonini boshqarishga bog‘liq bo‘lib quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:

  • tijorat bankida mukammal ishlab chiqilgan kredit siyosati kreditlashtirish jarayonining mavjudligi;

  • kredit portfelini optimal boshqarishning yo‘lga qo‘ylganligi;  kreditlarni muntazam nazorat qilishning tashkil qilinganligi;  bank tizimida ishlaydigan xodimlarning tayyorgarlik darajasi.

“Kredit siyosati” hujjatli kreditlarni boshqarish jarayonining poydevorini tashkil etadi. Tijorat banki tomonidn ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan “Kredit siyosati” kreditlarni oqilona boshqarishning samarali yo‘llaridan hisoblanadi. Ushbu hujjat bankning kreditlashtirish faoliyatining andozalari va parametrlarini belgilab beradi. Ushbu belgilangan standartlar va parametrlardan kredit berish, qarzlarni hujjatlashtirish va boshqarish bo‘yicha ma’suliyatli bo‘lgan bank xizmatchilari qo‘llanma sifatida foydalanishlari lozim. Kredit siyosati bank boshqaruvi a’zolari, qonun chiqaruvchi, strtegik qaror qabul qiluvchi shaxslarning xatti-xarakatini belgilab beradi hamda ichki va tashqi auditorlarga bankda kreditlarni boshqarish darajasining o‘tish davrida, moliyaviy bozorlarga davlatning ta’siri kamaygan sharoitda, tijorat banklari ichki siyosatini o‘zlari ishlab chiqishni keskin faollashtirishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yil 2 martdagi “Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizomga asosan bankning kredit siyosatiga quyidagicha ta’rif beriladi: Bankning kredit siyosati – kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklarni boshqarishda bank raxbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlari kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko‘rsatishi va aniqlab berishi shart.
Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini boshqarish bilan bog‘liq, ob’ektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Kredit siyosatini to‘g‘ri tuzish va olib borish, barcha bo‘limlar tomonidan bu siyosat maqsadining aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini to‘g‘ri olib borishiga, Yuqori risklardan qochishga, bank imkoniyatlarini to‘g‘ri aniqlashga asos hisoblanadi.
YAxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit riskini boshqarish va uni kamaytirishga yaxshi imkon beradi.
Kredit siyosatining zarurligi Shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda kam yoki ko‘p xodim ishlashidan qat’iy nazar, bankda bu siyosat bo‘lishi lozim. CHunki bu siyosat kredit bo‘yicha unifitsirlashgan umumiy qoida va tamoyillarning bajarilishini, operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligini ta’minlaydi. Bankning kredit siyosati bankning hamma xodimlari – kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi raisigacha bir xil bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham kredit siyosatini oldindan belgilab olingan qoida va echimlar to‘plami deyiladi.
Kreditlash siyosati va uning samaradorligi to‘g‘ri kredit narxlari belgilangan sharoitda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
Kredit siyosatini samarali olib borishda bank xodimlari bank mijozlarining mablag‘larini kimlarga foydalanishga berish mumkinligini yaqqol bilishi lozim.
Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, kimga, qaysi sharoitlar bilan berilishini hal qilishi zarur. Biznesning Shunday turlari borki, bank kredit bera turib ular bo‘yicha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun xar bir faoliyat risk bilan bog‘liq ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bankning kredit siyosati uning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarning oldini olishga, buning uchun depozitlar va kreditlar o‘rtasidagi nisbatning, bank majburiyatlari bilan kapitali o‘rtasidagi va boshqa ko‘rsatkichlarning me’yorida bo‘lishini taqazo qiladi. Oqilona kredit siyosati beriladigan kreditlarning sifatini oshiradi. Shuning uchun kredit siyosatining asosiy maqsadi boshqaruv jarayoni, fondlarning etarliligi, risklarni sifat darajasi bo‘yicha turkumlari, kredit portfelining balansi, majburiyatlarning tarkibiy qismlarini ajratish kabi elementlarini o‘zichiga olmog‘i lozim.
Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat:

  • Bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash muddatlari, miqdori va sifati) bilan bog‘liq masalalar;

  • Bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o‘rinbosari, kredit qo‘mitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro‘yxati (eng ko‘p kredit summasi va turlari);

  • Bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish bo‘yicha jami majburiyatlari;

  • Kredit arizalari bo‘yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni;

  • Kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida albatta saqlanadigan hujjatlar ro‘yxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi, garov, kafolat haqida shartnoma va hokazolar);

  • Kredit ishlari saqlanishi va tekshirilishi uchun kim javobgarligi, kim va qanday holatda ularni olish huquqiga egaligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar;  Kreditning ta’minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning asosiy qoidalari;

  • Barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me’yorlar bayoni;

  • Eng Yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va ko‘rsatish (ya’ni kredit summalari va bank yalpi aktivlarining eng Yuqori nisbati);

  • Bank xizmat ko‘rsatadigan mintaqa, kredit qo‘yilmalarining asosiy qismi joriy etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori;

  • Muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarni qanday hal

etilishi ehtimollari ko‘rsatiladi;
Qolgan hujjatlarda ta’qiqlanadigan yoki nomaqbul kredit turlari tavsiflanadi
(to‘lovga qodirligi o‘ubhali bo‘lgan yoki hujjatlar to‘liq ro‘yxatni taqdim etmagan) qarz oluvchilar va hokazolar).
Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha darajalarda me’yorida amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga to‘g‘ri qarorlar chiqarish, ortiqcha risklardan xolos bo‘lish, bank kreditlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Shu bilan birga bir vaqtda kredit siyosati siyosiy, iqtisodiy va xuquqiy shartlarni hisobga olgan holda ancha yumshoq bo‘lishi darkor.
Bank kredit siyosati bank resurslari, ularning joylashtirilish bilan chambarchas bog‘liq. Bank resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag‘lar, jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlaridan tashkil topadi. Shuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan resurslar ichida banklararo kredit xam alohida o‘rin egallaydi. Depozitlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa bankdan olingan kredit uchun foiz stavkalari bank tomonidan beriladigan kreditning foiz stavkalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Kredit siyosatining aniq va mukammal tayyorlanish va izohlanish xar bir bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy tashkil etish uchun asos bo‘ladi. Bank tomonidan to‘plangan resurslarni to‘g‘ri va oqilona joylashtirish bankning kredit siyosatining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Kredit siyosati sifatiga va xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini to‘g‘ri joylashtirish va oldindan ko‘zlangan daromad olish imkoniyati yaratiladi.
Har qanday tijorat kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: kredit qo‘yilmalari hajmining o‘mishini, risk Yuqori bo‘lgan operatsiyalarning odilona diversifikatsiyasini, o‘rta va uzoq muddatli kredit qo‘yilmalar hajmini keskin ko‘paytrish va ulrning samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shuningdek, kredit siyosati investitsion kreditlar salmog‘ini oshirish, ustun darajada iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, ishlab chiqarish korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash kabi asosiy yo‘nalishlarni ham o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lishi lozim.
Kredit siyosati bankning o‘ziga xos “kredit tili”ni yaratadi va u bank faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari o‘zgarganda huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qat’iy siyosat asosida berilgan bank umumiy kreditlash faoliyatining rivojlanishi va kreditlarning samarali ishlatilishi uchun zamin yaratadi. Kredit siyosati qoidalariga rioya etish bankning asosiy maqsadlari: foyda olishni ta’minlash, risklarni boshqarish bank faoliyati me’yorlariga rioya etishga erishish imkonini beradi.
Kredit siyosatining mavjudligi, eng muhimi – barcha darajalarda ishlab chiqilgan siyosatga rioya etish bank ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, uning qarzdorlari va aksiyadorlari foydasini ko‘paytiradi va faravonligini oshiradi.
Aniq bir tijorat bankining kredit siyosatida kredit portfelini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari qilib quyidagilarni belgilab olinadi:

  • kredit risklari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash,ularni baholash va bartaraf etish;

  • qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy axvolini aniqlash kredit riskini bashorat qilish;

  • muammmoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni so‘ndirish choralarini ishlab chiqish;

  • kredit qo‘yilmalarini diversifikatsiya qilishni, ularning likvidliligini va daromadliligini ta’minlash;

  • kredit olgan mijoz bilan doimo aloqada bo‘lib turish;

  • kichik va o‘rta tadbirkorlikni, dehqon va fermer xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab quvvatlashdan iborat.

Bank tomonidan, xo‘jalik sub’ektlarining aylanma mablag‘lari etishmasligi, mavjud mablag‘larning me’yoridan ortiqcha tayyor mahsulot qoldiqlariga jalb qilinishi, mablag‘larning tayyor mahsulot sifatida qotirib qo‘yish sabablarini o‘rganib borish, zararga ishlayotgan va bankrotlik alomatlari ko‘zga tashlanayotgan xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy ahvolini doimiy monitoringini tashkio qilish bank kredit siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlash va belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo‘yicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qo‘ylmalarni moliyalash va boshqa tarmoqlarga kredit berish, kredit turlari bo‘yicha: “kredit liniyalarini ochib va ochmay” kreditlash yoki kreditlashning boshqa usullarini qo‘llashni belgilab berishi mumkin.
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim, kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma’lum bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar to‘g‘risida raxbariyatga xabar berio‘lari lozim. Qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir.
Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‘yicha “to‘lovsizlik” tuShunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‘stirmaslik mezonlari, Shuningdek, bank Boshqaruvi av Kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o‘z ichga olishi lozim. Kredit siyosatida qarzlarni qaytarishga doir izchil, bosqichmabosqich chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qilishi kerak. Raxbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank
Kengashi va Boshqaruvi a’zolariga yuklatilgan. Odatda tijorat bankining kredit siyosati yo‘nalishlari quyidagilardan tashkil topishi mumkin:

  • bank o‘rni va obro‘sini moliyaviy-borqaror banklar singari yaxshilash;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki normativlariga muvofiq darajada o‘z kaptalining etarliligini ta’minlash;

  • bankning samaradorligi va barqarorligini qo‘llab-quvvatlagan holda uning daromadlarining maksimallaShuvini ta’minlovchi aniq kredit va investitsiya siyosatini o‘tkazish;

  • strategik jihatdan muhim bo‘lgan shahar rayonlarida yangi omonat kassalarini ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bank tarmog‘ini kengaytirish.

Kreditlash jarayonida bank siyosati bank oldidagi majburiyatlarni bajara oladigan mavjud yangi mijozlarni kredit resurslari bilan ta’minlash, sinf darajasidagi kreditlarni taqdim etishni kengaytirish hisoblanadi. Tijorat banki foydaliligini hisobga olgan holda xalqaro standartlar miqyosida mijozlarga sifatli kredit xizmatini taqdim etishga intiladi. Shuning uchun bank kredit siyosatini asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritilgan:

  • kreditlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilishning barcha darajalari bo‘yicha javobgarlikni taqsimlash;

  • bank tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari uchun aniq belgilangan shartlarning mavjudligi;

  • maxsus kreditlash tamoyillari – muddatlilik, to‘lovlilik, qaytarib berishlilik, ta’minlanganlik va rentabellik asosida beriladigan kreditlarni majburiy nazorat qilish;

  • bank boshqaruvining umumiy siyosati bilan maxsus faoliyat yo‘nalishlari siyosati (ya’ni depozitlar bo‘yicha, investitsiya bo‘yicha, aktivlar va passivlarni boshqarish bo‘ycha va hokazo)ning uzviy bog‘liqligidir.

Ichki omillar

67 foiz

Tashqi omillar

33 foiz

Ta’minot etishmasligi

22 foiz

Kompaniyani bankrotligi

12 foiz

Kredit arizasi tahlil qilinganda notug‘ri
baholash

21 foiz

Kreditorlarni haklarini talab qilishlari

11 foiz

Mijoz faoliyatini yaxshi urganmaslik

18 foiz

Oilaviy muammolar

6 foiz

Ta’minotni yomonligi

5 foiz

Ta’magirlik

4 foiz

Boshqa ichki omillar

1 foiz



Tahlil natijalaridan ko‘rinadiki, kredit yo‘qotishlariga ta’sir qiluvchi ichki omillar ichida asosiy o‘rinlarni kredit uchun ta’minotning etishmasligi hamda mijoz faoliyati va arizasini yaxshi taxlil kila olmasligi hisoblanadi. Shunisi xarakterliki, respublikamiz milliy bank tizimida ham kreditning haytmasligiga sabab buluvchi birlamchi omillar ana Shulardir. Lekin respublikamizda buning bir qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjud.
Kredit portfelini tarmoq bo’yicha tahlil qilish tijorat banki kredit siyosatini strategiya va taktikasini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 143,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin