1-ilova №202 y. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Bank kreditlarining ta’minlanganligi tahlili



Yüklə 143,94 Kb.
səhifə3/6
tarix16.12.2023
ölçüsü143,94 Kb.
#183178
1   2   3   4   5   6
Tijоrat banklarining kredit siyosati va unga qo’yilgan talablar

Bank kreditlarining ta’minlanganligi tahlili
Tijorat banklari mijozlarni asosan kredit bilan ta’minlangan bo‘lsa, kredit beradi. Bank kreditining ta’minlanganligi kredit berish tamoyillaridan biridir. Mijozlar kreditlarning ta’minlanganligini mol-mulkini garovga qo‘yish, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kafolati hamda sug‘urta kompani yalarining kreditni sug‘urtalash yo‘li bilan amalga oshiradilar. Kredit ta’minoti sifatida mijozlarning mol-mulkini garovga qo‘yish juda ko‘p ishlatiladi. Mijozning binolari, inshootlari, asbob-uskunalari (turli xil ko‘chmas mulklari), transport vositalari, tovar-moddiy boyliklari garov bo‘lishi mumkin. Mulkni garovga qo‘yishda, o‘zgarib turuvchi bozor narxi sharoitida, mulkni to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Respublika aksioner-tijorat «Ipak yo‘li» banki hisobotiga ko‘ra 2008-yilda kreditlarining ta’minlanganligi 68,3 foizi mulkni garovga qo‘yish bilan, 21,0 % boshqa subyektlarning kafolatlari bilan va 10,7 % esa ta’minlanganlikning boshqa turlari bilan amalga oshirilgan.
Bank kreditlarini mulkni garovga quyishda, bu mulklarni turlarini, ularning sifat holatlarini yaxshi o‘rganish lozim. Mijozning garovga qo‘yilayotgan mulkini maxsus tayyorgarlikga ega bo‘lgan mustaqil baholovchi mutaxassislar baholab, ularning qiymatini aniqlaganliklari ma’qul. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 22-fevralda tasdiqlangan «Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi Nizomda garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymat, uni sotish lozim bo‘lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar o‘rnini qoplashi lozimligi, aniq yoritilishi zarurligi ko‘rsatilgan.
Tijorat banklari kreditlarining ta’minlanganligini tahlil qilganda, garovga qo‘yilgan mulkning turlari bo‘yicha, ularning o‘zgarishi bo‘yicha, hamda ta’minlanganlik turlari bo‘yicha o‘zgarishni o‘rganish lozim.
Bundan tashqari, kredit ta’minoti sifatida mol-mulk garovi qabul qilinishida quyidagi tahlil jarayonlariga alohida e’tibor qaratilmog‘i zarur hisoblanadi:
-garovga olinadigan mol-mulkning kredit qaytmagan taqdirda bank tasarrufi ga o‘tkazilishi uchun huquqiy asoslarning to‘liq mavjudligi. Buning uchun garov shartnomasi albatta huquqiy ekspertizadan to‘liq o‘tkazilishi lozim;
– garovga olinadigan mol-mulkning likvidliligi, ya’ni uni zudlik bilan pulga aylantirish imkoniyatlari;
– garovga olinadigan mol-mulkning bahosi, uning haqiqatdan ham bozor bahosiga mosligi. Bu yerda e’tibor garovning hozirgi davrdagi va kredit qaytishi lozim bo‘lganidan keyingi muddatdagi baholariga e’tibor qaratilishi lozim.
Kafolat yoki uchinchi bir shaxsning kafi lligi kredit ta’minoti olinishi lozim bo‘lgan taqdirda bank, avvalambor, kafolatchi yoki kafi lning kimligini bilishi va uning kreditga layoqatliligi yoki kredit qaytmagan taqdirida uni kafolatchi yoki kafi ldan to‘liq undirish imkoniyatlari o‘rganilmog‘i va ularning moliyaviy holati hamda to‘lov qobiliyatiga to‘liq ishonch hosil qilmog‘i lozim.
Hozirgi paytda sug‘urta tizimining rivojlanganligini e’tiborga olib, kreditlarni sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalash yo‘li bilan ta’minlanganlikni amalda qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Bunda bank albatta sug‘urtalovchi kompaniyaning reytingi, to‘lov qobiliyati va sug‘urta shartnomasining qonuniy asoslarini tahlil qilib ko‘rishi lozim.

Yüklə 143,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin