1 ilova Mavzu: Moddalarning fizik texnik xossalari Reja



Yüklə 217,84 Kb.
səhifə5/8
tarix05.11.2022
ölçüsü217,84 Kb.
#67553
1   2   3   4   5   6   7   8
KL-mavzu 4 fizik texnik xossalari

Konstruktiv talablar қurilmani loyiҳalash, tayyorlash, tashish va o’rnatish bilan boғliқ bo’ladi. Қurilmalar tarkibi unifikastiyalangan қismlardan, standartlashtirilgan va o’zaro almashinuvchi detallardan iborat bo’lishi lozim. Ushbu konstruktiv elementlar arzon va қayta ishlanayotgan maҳsulotga zararli tasir ko’rsatmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Қurilma va uning detallari minimal massaga ega bo’lishi, ularni tayyorlash texnologiyasi oddiy, ammo mukammal bo’lishi lozim. Katta o’lchamli apparatlarni tarkibiy қismlarga ajralishi va oson yiғilishi ularni tashish va montaj қilishni engillashtiradi.
Қurilmani loyiҳalash jarayonida ergonomik talablar ҳam ҳisobga olinishi lozim. Ergonomika - jiҳoz ishini boshқarish jarayonida meҳnat sharoitlarini inson imkoniyati va қobiliyatiga moslash muammolarini o’rganadigan fandir. Ergonomik talablar jiҳoz konstrukstiyasiga operatorni samarali meҳnat қilishi uchun yordam beruvchi gigienik sharoit va estetik muҳit yaratish talablarini belgilaydi.
Gigienik talablar қatoriga ish joyini yoritilganligi, ҳarorati, namligi, changlar konstentrastiyasi, shovқin va vibrastiya darajasi kabi ko’rsatkichlar kiritiladi.
Mashinaga ko’rsatiladigan estetik talablar uning shaklini bajarayotgan vazifasiga mosligi, originalligi, o’lchamlarning mutanosibligi, rangi va boshқa bir қator parametrlar bo’yicha dizaynerlik echimlarining asosini tashkil etadi. Chiroyli tayyorlangan va foydalanishga қulay bo’lgan jiҳozni ishlatish paytida charchoқ deryali sezilmaydi.
Antropometrik ko’rsatkichlar jiҳozning boshқaruv organlarini inson gavdasi va boshқarishda ishtirok etuvchi a’zolari o’lchamlariga monand bo’lishini taminlaydi. Misol uchun, boshқaruv dastaklari va tugmachalarining shakli, o’lchami va joylashuvi inson қo’lining uzunligiga monand bo’lishi lozim. Ҳar bir boshқaruv operastiyasi қo’lning tabiiy ҳarakati tufayli, ortiқcha egilishlar va zo’riқishlarsiz bajarilishi kerak.
Mashinaga ko’rsatilgan fiziologik, psixofiziologik va psixologik talablar mashina va operator o’rtasidagi ma’lumot almashinish tezligi insonni ko’rish va eshitish қobiliyatiga mos bo’lishini, boshқarish usullarining soddalashuvini va boshқaruv moslamalarini jismoniy kam kuch bilan surilishini konstruktiv jiҳatdan ta’minlaydi.

Yüklə 217,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin