Metallar va қotishmalar. Po’latlar. Po’lat navlari mexanik mustaҳkamlik va egiluvchanlik (plastik) xususiyatlariga ega bo’lishi, oson shtampovkalanishi va engil payvandlanishi lozim.
Oziқ-ovқat ishlab chiқarish jiҳozlarining detallari Ct3kp, Ct3sp, Ct5sp, BCt3kp va BCt5sp navli po’latlardan tayyorlanadi.
Ishchi bosim R≤1.6 MPa va 10÷200oS ҳaroratlar oraliғida ishlovchi apparatlarning korpuslari va қopқoқlari St3kp2 va St3kp navli po’latlardan tayyorlanadi.
Oddiy sifatli (қora) po’latlarning zanglash tezligi 0.52.5 mm/yil. Shuning uchun jiҳozlarning maҳsulot bilan kontakda bo’ladigan detallari maҳsus loklar bilan bo’yaladi, metall қoplamalar bilan қoplanadi yoki 08kp, 10, 10kp, 20, 30, 40, 45 va 50 navli sifatli po’latlardan tayyorlanadi.
Ishchi bosim R≤10 MPa va ҳarorat chegaralari -20÷475oS bo’lgan ҳollarda issiқlik қurilmalarining korpuslari, қopқoқlari, trubkalar chambaragi, zmeeviklar va қizdiruvchi trubkalar plastikligi yuқori va mustaҳkamlik chegaralari 314340 MPa bo’lgan sifatli konstrukstion po’latlardan ishlanadi.
Po’latlarning mustaҳkamligini oshirish, korroziyaga va issiқlikka chidamliligini orttirish uchun ularning tarkibiga legirlovchi elementlar (Sr, Ni, Co, Mo, W, V, Ti, Cu, Al va boshқalar) қo’shiladi. Legirlangan po’latlardan yuқori ҳaroratlarda va agressiv muҳitlarda ishlovchi detallar va ishchi organlar tayyorlanadi.
Cho’yanlar. Oziқ-ovқat mashinasozligida cho’yandan jiҳozlarning қuyma қismlari (korpus, massiv tagliklar), қovurish chanlari, nasos va kompressor stilindrlarining korpusi ҳamda қuvurlar uchun armaturalar (kran, ventil, zadvijka) tayyorlanadi. Cho’yanlar қoliplarga oson қuyiladi, siқilish yuklamalariga chidamli, ammo mo’rt bo’ladi.
Mis va uning қotishmalari. Mis atmosfera ҳavosi, chuchuk suv, neytral eritmalar, sirka va limon kislotlari, o’yuvchi ishқor va spirtlar tasiriga chidamli. Mis yuқori issiқlik o’tkazuvchanlikka ega, ishlov berishga қulay, ammo қoliplanish xususiyati past.
Misdan konditer va aroқ-vino korxonalari uchun zmeevikli va trubkali қizdirish қurilmalari, buғlatish қozonlari va spirtli aralashmalarni ҳaydash kublari tayyorlanadi.
Tarkibi S vitaminiga boy bo’lgan maҳsulotlar, sut va sut maҳsulotlarini mis idishlarda saқlash va misdan ishlangan jiҳozlarda қayta ishlash tavsiya etilmaydi. Apparatlarning misdan ishlangan ishchi ҳajmlari, ko’p ҳollarda, eritilgan қalayning yupқa қatlami bilan қoplanadi. Sirop қaynatish, djem pishirish va spirtli suyuқliklarni ҳaydash қurilmalari uchun bunday қoplama shart emas, ularga қo’yiladigan asosiy talab - ishchi yuzalarning tozaligidir.
Oziқ-ovқat mashinasozligida asosan misning қalay, alyuminiy va kremniyli қotishmalari - bronzalar (Br03Ц12S5, Br03Ц7S5N1, Br05Ц5S5, BrO10F1, BrAJ9-4, BrAJMst10-3-1.5, BrA9JZL va x.) қo’llaniladi.
Misning rux (10÷15%) bilan қotishmasi latun deyiladi. Latun truba va turli xil қuymalar shaklida ko’p ishlatiladi. Latundan issiқlik almashinish қurilmalarining trubkalari (L63, L68, L070-1 va b.) va boshқa detallar tayyorlanadi.