Issiқlik siғimi - bu kattalik moddaga berilgan issiқlik miқdorini uning ҳaroratini o’zgarishiga nisbatidir. Massa birligidagi moddaning issiқlik siғimi solishtirma issiқlik siғimi S [J/(kg.K)] deyiladi
S = Q/(Dt m) = Q/[(t1-to)m], (3-21)
bu erda Q- moddani isitish uchun sarflangan issiқlik miқdori, J; m- modda massasi, kg; to va t1- moddani dastlabki va isitilgandan so’nggi ҳaroratlari, K; Dt- ҳaroratlar ayirmasi.
Issiқlik o’tkazuvchanlik. Issiқ va sovuқ jismlar ҳaroratlarining farқi Dt ta’sirida, ularning kontakt yuzasidagi mikrozarrachalarning tartibsiz ҳarakati tufayli, issiқlikni tarқalishi issiқlik o’tkazuvchanlik deyiladi.
Қattiқ materiallar, suyuқliklar va gazlarda issiқlik o’tkazuvchanlik jarayonining intensivligi issiқlik o’tkazuvchanlik koeffistienti l bilan tavsiflanadi.
Ҳarorat o’tkazuvchanlik koeffistienti jismning fizik kattaligi ҳisoblanadi va uning issiқlik siғimini (inerstionlik xossasini) ko’rsatadi. Jism ҳaroratini o’zgarish tezligi ҳarorat o’tkazuvchanlik koeffistienti a orқali ifodalanadi.
a = l/(sr) = {[Vt/(m.K)][(kg.K)/J](m3/kg)} = m2/s.
Asosiy konstrukstion materiallar va ularni tanlash Oziқ-ovқat maҳsulotlari ishlab chiқaruvchi texnologik jiҳozlarni tayyorlash uchun materiallar tanlash paytida ularning ishlatish sharoitlari, қayta ishlanadigan material yoki maҳsulot turlarining fizik-kimyoviy xossalari, ishchi muҳit parametrlari (agressivligi, ҳarorati, bosimi va b.), konstrukstion materialning mexanik xususiyatlari (mustaҳkamlik chegarasi, strukturasi, қattiқligi, nisbiy cho’zilishi va b.), tannarxi va kamyob bo’lmasligiga e’tibor beriladi.
Tanlanayotgan material oson payvandlanishi va unga mexanik ishlov berish engil bo’lishi lozim. Tanlov paytida materialning issiқlik o’tkazuvchanligi, maҳsulot tarkibidagi organik kislotalar tasiriga barқarorligi, maҳsulotning organoleptik ko’rsatgich-larini o’zgartirmasligi kabi xususiyatlari muҳim aҳamiyat kasb etadi.
Oziқ-ovқat mashinasozligida texnologik jiҳozlar tayyorlash uchun turli navli po’latlar, cho’yanlar, rangli metalllar, қotishmalar va plastmassalar қo’llaniladi.