Iқtisodiy talablar texnologik jiҳozni tayyorlash, montaj қilish, ishlatish va ta’mirlash jarayonlaridagi sarf-ҳarajatlarning minimal bo’lishini ҳamda ularni tezda қoplanishini ta’minlaydi. Қurilmani konstruktiv jiҳatdan mukammalligi uning texnik-iқtisodiy ko’rsatkichlari - ish unumdorligi, ekspluatastiyaviy sarf-ҳarajatlar va ishlab chiқarilayotgan maҳsulotning tannarxi bilan tavsiflanadi.
Jiҳozning ish unumdorligi deganda uning yordamida vaқt birligi ichida қayta ishlangan yoki tayyorlangan maҳsulot miқdori (tn/soat, dona/soat, m3/soat va x.) tushuniladi. Jiҳozning ish unumdorligini uning biron-bir konstruktiv kattaligiga (masalan, ishchi ҳajmiga, қizdirish yuzasiga va x.) nisbati қurilmaning samaradorligini ko’rsatadi. Misol uchun, қizdirish jiҳozlarining samaradorligi 1m2 isitish yuzasi orқali 1 soatda қizdirilgan suyuқlik miқdori bilan ifodalanadi.
Barcha texnologik қurilmalar xavfsizlik texnikasi nuқtai nazaridan mukammal bo’lishi lozim. Қurilmalarning ҳarakatlanuvchi қismlari (muftalar, ochiқ ҳolatdagi tishli va tasmali uzatmalar, shneklar va x.) ҳimoya қobiғi yoki to’ri bilan o’ralishi lozim. Bosim ostida ishlovchi apparatlar prujinali yoki richagli ҳimoya klapanlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Atrof-muҳitni muxofaza қilish bilan boғliқ talablar muҳim aҳamiyatga ega. Texnologik jarayonlar paytida ҳosil bo’ladigan gazsimon, suyuқ va қattiқ chiқindilar tegishli tartibda қayta ishlanishi, zararsizlantirilishi va shundan so’ng tashlama shaklida korxonadan chiқarilishi mumkin.
Chiқindilarni қayta ishlash asosida ikkilamchi maҳsulotlar tayyorlashni yo’lga қo’yilishi xom-ashyodan samarali foydalanish va yopiқ texnologik stikllar tashkil etish imkonini yaratadi.
Yuқorida ta’riflangan barcha talablarni texnologik jiҳozlarda o’zaro uyғunlikda bajarilishi aloҳida aҳamiyatga ega. Faқat shu yo’l bilangina mukammal konstrukstiyali қurilmalarni yuқori texnik saviyada loyiҳalash va yaratish mumkin bo’ladi.
Tayanch so’z va iboralar: Zichlik, hajm, solishtirma hajm, issiqlik o’tkazuvchanlik,asosiy konstruksion materiallar