Alyuminiy va uning қotishmalari. Alyuminiy yuқori issiқlik o’tkazuvchanlikka ega, engil, plastik, oson shakllanadi, yuzasi silliқ va korroziyaga chidamli. Sirka, yoғ, vino, limon va olma kislotalari ta’siriga bardoshli, ishқoriy muҳitda tez emiriladi, mineral kislotalarga chidamsiz. Uning қotishmasi - dyuralyuminiy (D1 va D1T navlari) sutni қaytash ishlash korxonalarida, turli xil mashina va idishlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Titan va uning қotishmalari agressiv muҳitlarda korroziyaga chidamli, mustaҳkamligi yuқori va nisbatan engil bo’lganligi uchun oziқ-ovқat sanoati mashinasozligida keng қo’llaniladi. Titan қotishmalari yaxshi payvandlanadi, tokarlik ishlovi berish oson va yuқori ҳarorat ta’siriga (400÷800 oS) chidamli. Titandan stentrifuga va separatorlarning rotorlari, distillyatorlar, bolalar ozuқasi ishlab chiқaruvchi jiҳozlar va b. tayyorlanadi. Oziқ-ovқat sanoatida қo’llaniladigan titan қotishmalarining (VT1-00, VT1-0, OT4, OT4-1, VT5 va b.) mustaҳkamlik chegarasi yuқori, 1372 MPa gacha bo’ladi.
Texnologik jiҳozlarga ko’rsatiladigan talablar Oziқ-ovқat maҳsulotlari ishlab chiқarish jarayonlarida қo’llaniladigan texnologik jiҳozlarga, ularning konstruktiv tuzilishi, ishlash prinstipi, bajaradigan vazifalari va ishlash sharoitlarining turli-tumanligidan қat’iy nazar, ko’rsatiladigan bir қator umumiy talablar mavjud. O’zaro uzviy boғlangan bunday talablarni қuyidagi bir necha asosiy guruҳlarga ajratish mumkin: texnologik, ekspluatastiyaviy, energetik, konstruktiv, iқtisodiy, ergonomik, texnika xavfsizligi, atrof-muҳitga va xizmatlarga nisbatan xavfsizlik va boshқalar.
Texnologik talablar asosini jiҳozda қayta ishlanayotgan maҳsulot sifati belgilaydi. Maҳsulotni jiҳozda bo’lish vaқti қisқa bo’lishi lozim. Ayrim ҳolatlarda, masalan, maҳsulotni uzoқ vaқt yuқori ishchi ҳaroratlar tasiri ostida bo’lishi uning tarkibidagi tabiiy foydali komponentlarni yo’қotilishiga yoki ularni o’zgartirilgan ҳolatga o’tishiga sabab bo’ladi. Bu esa tayyor maҳsulotning ozuқaviy қiymatini pasaytiradi.
Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun қurilmalarni ishlatish va boshқarish қulay bo’lishi va buning uchun katta jismoniy meҳnat talab etilmasligi lozim. Jiҳoz ishini masofadan turib boshқarish maқsadga muvofiқ bo’ladi. Jiҳozlarni tamirlash ishlari oddiy, қulay va yuқori malaka talab etmasligi kerak. Apparatlarni ishchi yuzalari maҳsulot қoldiқlaridan oson tozalanishi, maҳsulot va yuvish vositalari tasirida emirilmasligi va uzoқ vaқt uzluksiz ishlashi uchun mexanik jiҳatdan mustaҳkam bo’lishi kerak.
Texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun қurilma iste’mol қiladigan energiya (elektr, issiқlik) sarfi minimal bo’lishi lozim. Bu esa jiҳozlarni energetik jiҳatdan tejamkor bo’lishini talab etadi. Birlik ҳajmda tayyor maҳsulot ishlab chiқarish uchun sarflangan energiya miқdori (kVt.s/tonna, kg buғ/kg) va energetik f.i.k. (foydali sarflangan energiya miқdorini jiҳozga berilgan umumiy energiya miқdoriga nisbati) jiҳozning energetik ko’rsatkichlari bo’lib ҳisoblanadi. Energetik ko’rsatkichlarning қiymatlari jarayonni қay darajada tashkil etilganligi, elektr yuritmalarni f.i.k., atrof-muҳitga yo’қotilayotgan issiқlik miқdori va issiқlikni ҳimoya қilish қobiғining sifati ҳaқida taҳliliy xulosaga kelish imkonini beradi.