Tarbiya tizimida samaradorlikga erishish usullari.
Reja:
1.Innovatsiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning pedagogik tavsifi
2.Ta’lim- tarbiya samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvning zaruriyati
3.O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning tashkiliy jihatlari
4.Innovatsion yondashuv asosida ta’lim-tarbiya jarayonida samaradorlikka erishish aspektlari.
1.Innovatsiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning pedagogik tavsifi
Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar kelajakda mamlakatimizning intellektual imkoniyatlarini belgilab beruvchi va uni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblangan ta’lim tizimiga ham bog‘liq ekanligini xisobga olish kerak. Shu bilan birga intellektual salohiyatning o‘sishi, sifat darajasida rivojlantirish nafaqat ta’lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim takomillashuviga o‘z ta’sirini o‘tkazibgina qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning barcha sohalarini o‘sishiga ham sezilarli darajada ta’sir etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’limdagi strategik yo‘nalishlardan biri ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti. Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat. Bu holat bugungi kunda o‘ta dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, ushbu jarayon (innovatsion jarayon) ta’lim muassasalarini yashash sharti (bevosita va ko‘chma ma’noda ham), kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasining aloqalarini ijtimoiy himoyalash sharti bo‘lib ham xizmat qiladi. Hayot ta’lim muassasalari oldiga yangi, mumkin bo‘lmagandek tuyulgan vazifalarni, ya’ni eskichasiga ishlab turib, aniq yangiliklarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni oldimizga qo‘ymoqda. Barcha yangiliklarga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashadigan, o‘tmish boyliklarga, tajribalarga e’tiqod ruhida tarbiyalangan, stabillikni yoqtiradigan keksa avlodni, shuningdek hech qanday o‘zgarishlarni xohlamaydigan pedagoglarni ham tushunish mumkin. Bunday holatda “innovatsion jarayonlar orqasidan quvish” bugungi kun hayotimizning ajralmas qismi ekanligini ham tushunish zarur. Xohlaymizmi yoki yo‘q bizning ta’lim muassasalari devorining orqasida bozor va bozor munosabatlari jarayoni ketayapti. Bu jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizga tegishlidir, chunki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi raqobat tushunchasi ularni raqobat qobiliyati, ta’lim sifati, ijtimoiy buyurtmalar bularning hammasi turmushimizga kirib kelayapti. To‘g‘rirog‘i, bu jarayon biz yashayotgan muhit, hayot tarzi ekanligini har doim xis etib turishimiz kerak. Bu jarayonga qarshi turish befoyda va havflidir. Biz tanlash imkoniyatiga ega emasmiz va ushbu tezkor jarayon (quvish jarayoni) da ishtirok etishga majburmiz. Mazkur jarayonda eng muhimi aql bilan, foydali tarzda, o‘z tashkilotimiz uchun ishtirok etishdan iborat. Ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, o‘zgarishlarga qobiliyat, bugungi kunda rivojlanishning hal qiluvchi omili, u yoki bu ta’lim muassasalarining raqobat qobiliyatini ta’minlovchi asosiy omil deb hisoblaydilar. Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining: