2.Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, investitsiyalar – muayyan qiymatni, bo’lishi noaniqroq bo’lgan kelajak qiymatga almashishdir 17.
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» (M. «Delo» nashriyoti-1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko’zlab aktsiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o’stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo’ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.
Birinchidan, qo’yilish ob’ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o’z mablag’lari bilan birga qarzga olingan mablag’lar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag’ olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit mablag’lari ajratayotgan bank bajaradi. Nomoddiy (potentsial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (NIOKR) amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizentsiya va nou – xou berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalarni ko’pgina iqtisodchi – olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar.
Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aktsiyalarning firma ustidan nazorat va ta’sir doirasi belgilariga ko’ra tasniflanadi. Investitsiyalarning bir muncha ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflangan: qo’yilma ob’ektlariga ko’ra; investitsiyalashda ishtirok etishiga qarab; investitsiyalash davri bo’yicha; mulkchilik shakllari bo’yicha; hududiy belgisi bo’yicha (1.1-rasm).
Rus iqtisodiy adabiyotlarida18 portfel (aktsiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog’ozlarga, shuningdek, boshqa korxonalarning aktivlariga yo’naltirilgan investitsiyalar) va real (faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirish, kengaytirish, yangi korxonalar barpo etishga yo’naltirilgan investitsiyalar) investitsiyalar farqlanadi. Bunday sharoitda investor-korxona mablag’ kirita turib, o’zining ishlab chiqarish kapitalini, ya’ni asosiy ishlab chiqarish fondlari va uning faoliyati uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larni ko’paytiradi (oshiradi). Portfel investitsiyalar amalga oshirilganda investor o’zining moliyaviy kapitalini, ya’ni qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromad-dividendini ko’paytiradi.
Bunday tasniflashning afzalligi va uning boshqa tasniflashlardan farqi shundaki, unda korxona o’z investitsiyalarini qanday maqsadlar uchun safarbar etishi to’g’risida real holat aks ettirilgan. Mohiyat jihatdan, ushbu tasniflash korxonaning investitsiya portfelini xarakterlaydi. Bunda korxona uchun ushbu portfel bo’yicha riskni minimallashtirish va iqtisodiy foydani oshirish eng muhim muammolardan biri sanaladi. Yuqoridagi rasmda tasvirlangan real investitsiyalar – bevosita investitsiyalar bo’lib, investorning investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini anglatadi, ya’ni investor investitsiyalash ob’ektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita o’zi aniqlaydi. Portfel investitsiyalar – bilvosita investitsiyalarni anlatib, bu investitsiya yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunida investitsiya mo’ljallangan ob’ektiga ko’ra, “kapital, innovatsiya va ijtimoiy” investitsiyalarga bo’linadi (4- modda).
Dostları ilə paylaş: |