1. Iqtisodiy muvozanat tushunchasi. Umumiqtisodiy va xususiy muvozanatlik. Turgʼun va muttasil rivojlanib boruvchi muvozanatlik



Yüklə 27,56 Kb.
səhifə7/7
tarix13.05.2022
ölçüsü27,56 Kb.
#57784
1   2   3   4   5   6   7
1 Iqtisodiy muvozanat tushunchasi Umumiqtisodiy va xususiy muv

5.Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko’pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir- biri bilan bog’langan, ikkinchidan, shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog’liqlik qanchalik katta bo’lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko’rsatadi.
5. Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo’lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishini muqarrar qilib qo’yadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo’lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanishda butunlay inqirozga uchrashga chap berish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o’zgartirishga, ya’ni tanglik holatlarga barham berishga yo’naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko’zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to’lov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o’z ichiga oladi.

Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko’zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo’lgan, butun xalq xo’jaligining rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan etakchi tarmoq va sohalarga qaratildi.

Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo’lib qoladi. Shu sababli respublikada 90-yillarning o’rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishini sekinlashtirishga moyillik ko’zga tashlanadi, ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha esa o’sishga erishildi. Iqtisodiyotning ikkita etakchi tarmog’i sanoat va qishloq xo’jaligini isloh qilish va qo’llab - quvvatlashga qaratilgan tadbirlar natijasida sanoatda 1995 yildayoq qishloq xo’jaligida 1997 yilda ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtatildi.

Makroiqtisodiy barqarorlik siyosatida 1997 yil keskin burilish davri bo’ldi, islohatlar amalga oshirilgan davr davomida birinchi marta yalpi ichki mahsulotning o’sishi (105,2%) aholi sonining o’sishidan (101,8%) yuqori bo’ldi1. Bu ijobiy tamoyillar 1998 va undan keyingi yillarda mustahkamlab borildi. Natijada 2002 yilda YaIM - 4,2 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi - 6,4 foizga, qishloq xo’jalik mahsulotlari - 3,2 foizga ko’paydi. Iste’mol mollari ishlab chiqarish 7,7 foizga chakana tovar aylanishi - 7,8 foizga, aholiga pullik xizmat ko’rsatish hajmi esa 14,0 foizga ortdi. Davlat byudjeti kamomadi YaIM ning bir foizidan oshmadi. Naqd pul emissiyasi 9,4 foizni tashkil etdi. Jami pul massasi, belgilangan darajada - ya’ni YaIMga nisbatan 19 foizdan oshmadi1.

Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo’jalik majmuasining bunyod etilganligi, birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi.

Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida vujdga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o’zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.

Iqtisodiyot tuzilishidagi o’zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, xalq xo’jaligining xom ashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama yo’nalishini bartaraf etish va uninig eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog’liqlikda amalga oshirildi.

Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o’zgarishlar - respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlan-tirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o’zak tarmoqlarni - neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo’jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi.

Xalq xo’jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o’zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg’arish fondi o’rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o’rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikni ta’minlashchda muhim rol o’ygaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko’proq e’tibor berdi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish darida iqtisodiyotni barqa-rorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi.

Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o’tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o’z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan o’rinli foydalanish ko’zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.



Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlarni vujudga keltirish sifatida qaraldi.
Yüklə 27,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin