Mavzu: Iqtisodiy o’sish : tushunchalar va manbalar.
MUNDARIJA: KIRISH 1. Iqtisodiy oʻsishning mazmuni va mezonlari 2. Iqtisodiy oʻsishning hozirgi zamon shakli va ko'rsatkichlari 3. Iqtisodiy oʻsishning ikki turi: intensiv va ekstensiv oʻsish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo'lib, u o'z ichigaiqtisodiy o'sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchichiziq bo'yicha ro'y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o'z ichiga yuksalish va inqirozdavrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o'zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarniolib notekis boradi.Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadiganjarayon bo'lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo'lgan iqtisodiy o'sish ko'proqtahlil qilinadi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo'lib, o'zifodasini real YalM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko'payishidatopadi.Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va birtekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish vahatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa,jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning hartomonlama taraqqiyot manzarasi hosil boMadi. Shu bilan birga iqtisodiy o'sishnafaqat miqdor, balki muayyan sifat o'zgarishlari shaklida ham namoyon boladi.birinchi prezidentimiz I. Karimov ta’kidlab o'tganlaridek: “ Iqtisodiy rivojlanish sur’atlarihaqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko'rsatkichlariga ko‘proqe'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘sishlar iqtisodiyotimizda yuzberayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi,xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‘z bilan aytganda, amaliyhayotimizniyaxshilashga olib kelishi lozim”1. Shunday ekan,iqtisodiyo‘sishbevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloqva aholi jon boshiga hamdaiqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga.