2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
8.8-vazifa. Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ular uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura (kelishuv asosida), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (kelishuv asosida), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (kelishuv asosida)
Ijtimoiy himoya
8.9-vazifa.2030-yilgacha yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalliy mahsulotga bo‘lgan talabni kuchaytirishga ko‘maklashuvchi turizmning barqaror rivojlanishini ta’minlash.
Turizm va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Iqtisodiy farovonlik
8.10-vazifa.Aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliya muassasalarining bazaviy xizmatlari, xususan bank, sug‘urta va to‘lov xizmatlaridan keng miqyosda foydalanish, shu jumladan, masofaviy foydalanishni rag‘batlantirish va kengaytirish.
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi
Iqtisodiy farovonlik
8.b-vazifa.2030-yilgacha yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha global strategiyani ishlab chiqish va amalga kiritish hamda Xalqaro mehnat tashkilotining ish o‘rinlari haqidagi Global paktini (2009-yil 19-iyulda Xalqaro mehnat konferensiyasida qabul qilingan) amalga oshirish.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (kelishuv asosida)