2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
13-maqsad. Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha tezkor choralarni qabul qilish.
13.2-vazifa. Iqlim o‘zgarishiga qarshi-ta’sir choralarini milliy darajada siyosatga, strategiyaga va rejalashtirishga kiritish.
Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Atrof muhit
13.3-vazifa.Odamlar va muassasalar, tashkilot va korxonalarning iqlim o‘zgarishi oqibatlarining oldini olish, ularga moslashish va xavfli iqlim hodisalarining tavakkalchiligidan erta ogohlantirish bo‘yicha xabardorligini oshirish ma’lumotlarning tarqatilishini hamda imkoniyatlarini yaxshilash.
Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar ishlari Agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (kelishuv asosida)
Atrof muhit
15-maqsad. Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ?o‘maklashish, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini to‘xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yo‘qolib ketish jarayonini to‘xtatish.
15.1-vazifa.Xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq yer usti va ichki chuchuk suvli ekotizimlar, jumladan, o‘rmonlar, suvli-botqoqli hududlar, tog‘lar va qurg‘oqchil yerlarni saqlash, tiklash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari