1. Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]



Yüklə 476,75 Kb.
səhifə27/33
tarix09.06.2023
ölçüsü476,75 Kb.
#127341
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

15.7-vazifa. Brakonyerlik hamda flora va faunaning qo‘riqlanadigan turlarining kontrabanda savdosini tugatish uchun shoshilinch choralar ko‘rish, jonli tabiatning noqonuniy mahsulotlariga talab, shuningdek, ularni taklif qilishga oid muammolarni hal qilish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Atrof muhit

15.8-vazifa. Begona invaziv turlar kirib kelishining oldini olish va ularning yer usti va suv ekotizimlariga ta’sirini jiddiy qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ustuvor turlar miqdorining qisqarishi yoki yo‘q qilinishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Atrof muhit

15.9-vazifa. Iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini rivojlantirishning milliy strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda ekotizim va biologik xilma-xillik qiymatining hisobga olinishini ta’minlash.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Atrof muhit

15.a-vazifa. Biologik xilma-xillik va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida moliyaviy resurslarning barcha manbalarini safarbar etish va jiddiy ravishda ko‘paytirish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi

Atrof muhit


Yüklə 476,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin