2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
16.10-vazifa. Fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqini amalga oshirishlari uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot oshkoraligini kuchaytirish hamda fuqarolarning asosiy erkinliklari himoyasini ta’minlash.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (kelishuv asosida), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (kelishuv asosida), Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar
Samarali boshqaruv
16.a-vazifa.Zo‘ravonlikning oldini olish, terrorchilik, ekstremizm va jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish ishida milliy va xalqaro darajalarda hamkorlikni kengaytirish orqali tegishli milliy muassasalarni mustahkamlash.
Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati (kelishuv asosida), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (kelishuv asosida), Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Bosh prokuratura (kelishuv asosida), vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar
Samarali boshqaruv
17-maqsad. Barqaror rivojlanish maqsadlarida Global sheriklik doirasida amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va ishlarni faollashtirish.
17.1-vazifa.Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning talab qilinadigan darajasini ta’minlash uchun ichki va tashqi manbalar resurslarining safarbar etilishini kuchaytirish.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar