1. Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]



Yüklə 476,75 Kb.
səhifə28/33
tarix09.06.2023
ölçüsü476,75 Kb.
#127341
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

16-maqsad. Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish.

16.1-vazifa. Zo‘ravonlikning barcha turlari tarqalishini qisqartirish va ushbu hodisa sababli o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish.

Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi (kelishuv asosida), Bosh prokuratura (kelishuv asosida)

Samarali boshqaruv

16.2-vazifa. Bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha turlarini tugatish.

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura (kelishuv asosida), Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Samarali boshqaruv

16.3-vazifa. Qonun ustuvorligiga ko‘maklashish hamda barcha uchun odil sudlovdan foydalanish bo‘yicha teng imkoniyatlarni ta’minlash.

Adliya vazirligi, Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (kelishuv asosida), Bosh prokuratura (kelishuv asosida), Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Samarali boshqaruv

16.4-vazifa. 2030-yilgacha noqonuniy pul va qurol-yarog‘ oqimlarini jiddiy ravishda qisqartirish, o‘g‘irlangan aktivlarni izlab topish va qaytarish bo‘yicha ishlarni jonlantirish, uyushgan jinoyatchilikning barcha shakllariga qarshi kurash olib borish.

Bosh prokuratura (kelishuv asosida), Davlat xavfsizlik xizmati (k�lishuv asosida), Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

Samarali boshqaruv


Yüklə 476,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin