1. Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]



Yüklə 476,75 Kb.
səhifə22/33
tarix09.06.2023
ölçüsü476,75 Kb.
#127341
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

11.3-vazifa. 2030-yilgacha barchaga ochiq bo‘lgan va ekologik barqaror urbanizatsiya ko‘lamini hamda aholi yashash punktlarini kompleks va barqaror rejalashtirish hamda ularni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Iqtisodiy farovonlik

11.4-vazifa. Madaniy va tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda saqlash bo‘yicha xatti harakatlarni jonlantirish.

Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Atrof muhit

11.5-vazifa. 2030-yilgacha falokatlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlar, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar sonini jiddiy ravishda qisqartirish hamda falokatlar natijasida kelib chiqadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy zararni sezilarli tarzda qisqartirish, bunda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari himoyasiga alohida e’tibor qaratish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Atrof muhit

11.6-vazifa. 2030-yilgacha shaharlar ekologiyasining aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish, bunda havoning sifatiga hamda shahar chiqindilari va boshqa chiqindilarning chiqarib tashlanishiga alohida e’tibor qaratish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Atrof muhit

11.7-vazifa. 2030-yilgacha shaharlar va aholi yashash punktlarida yashil hududlar, istirohat bog‘lari, bolalar uchun o‘yin maydonchalari maydonini kengaytirish, bunda nogironlarning dam olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.

Madaniyat vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Atrof muhit


Yüklə 476,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin