3.c-vazifa. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni izchil oshirish, kadrlarni tayyorlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, munosib ish haqi bilan ta’minlash.
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
Sog‘liqni saqlash
|
3.d-vazifa. Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining (XTSQ JSTning bazaviy hujjati, qoidalarning hozirgi tahriri Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 2005-yil 25-maydagi 58-sessiyasida qabul qilingan) joriy qilinishi hamda umumiy sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarda chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlikni ta’minlash.
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi
|
Sog‘liqni saqlash
|
4-maqsad. Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish.
|
4.1-vazifa. 2030-yilgacha boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’limni, umumiy qamrovni saqlab qolgan holda, o‘qitishning dolzarb va samarali natijalariga erishishni ta’minlaydigan yangi sifat bosqichiga ko‘tarish.
|
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat test markazi, Yoshlar ishlari agentligi
|
Ta’lim
|
4.2-vazifa. 2030-yilgacha barcha o‘g‘il va qiz bolalar uchun kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha o‘qitishning sifatli tizimlaridan ular boshlang‘ich ta’limni olishga tayyor bo‘lishlari maqsadida to‘liq foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi
|
Ta’lim
|
|