3.6-vazifa. 2025-yilgacha yo‘l-transport hodisalari sonini, jumladan, piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan YTH holatlarini ikki baravar qisqartirish.
|
Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Transport vazirligi
|
Samarali boshqaruv
|
3.7-vazifa. 2030-yilgacha jinsiy va reproduktiv salomatlikni asrash bo‘yicha xizmatlardan, shu jumladan, oilani rejalashtirish va o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun nikoh yoshini uzaytirish xizmatlaridan umumiy foydalanishni hamda Milliy strategiya va dasturlarda reproduktiv salomatlikni asrash masalalarining hisobga olinishini ta’minlash.
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
|
Sog‘liqni saqlash
|
3.8-vazifa. Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrab olishni, shu jumladan, sog‘liqni saqlashga sarflanayotgan katta xarajatlar tufayli himoyalashni, asosiy sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish va barcha uchun xavfsiz, samarali, sifatli va arzon asosiy dorivor va emlash vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati
|
Sog‘liqni saqlash
Iqtisodiy farovonlik
|
3.9-vazifa. Xavfli kimyoviy moddalarning ta’siri, havo va suvning ifloslanishi natijasida, jumladan, kimyoviy ishlab chiqarish hamda zararli moddalar ko‘milgan joylarda, o‘lim va kasallanish holatlarini qisqartirish.
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
|
Sog‘liqni saqlash
|
3.a-vazifa. Zaruratga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurash hadli konvensiyasi (2003-yil may oyida Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 56-sessiyasida qabul qilingan) amalga oshirilishini faollashtirish.
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi
|
Sog‘liqni saqlash
|
3.b-vazifa. Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni davolash uchun emlash va dorivor vositalar bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarga ko‘maklashish; Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha bitimning aholi salomatligini asrash maqsadida moslashishini namoyon etish, xususan, barcha uchun dorivor vositalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash qoidalaridan rivojlanayotgan mamlakatlarning to‘liq hajmda foydalanishi ko‘zda tutilgan “TRIPS bo‘yicha bitim va jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash” Doxa deklaratsiyasiga (Jahon savdo tashkiloti (JST) homiyligidagi muzokaralar turkumiga) muvofiq, arzon asosiy dorivor hamda emlash vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi
|
Sog‘liqni saqlash
|
|