2.3-vazifa. 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning o‘rtacha samaradorligini hamda qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat yetishtiruvchilarining daromadini oshirish.
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Markaziy bank (kelishuv asosida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
|
Iqtisodiy farovonlik
|
2.4-vazifa. 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror tizimlari yaratilishini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish imkonini beradigan qishloq xo‘jaligini yuritish usullarini joriy qilish.
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
|
Atrof muhit
|
2.5-vazifa. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklari, shuningdek, chorva mollarining va tegishli yovvoyi hayvonlar turlarining genetik rang-barangligini, jumladan, ularning zaxiralarini tegishli tarzda saqlash orqali ta’minlash
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
Atrof muhit
|
2.a-vazifa. Qishloq xo‘jaligi sohasining ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash maqsadida qishloq infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligida ilmiy tadqiqotlar, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarining va chorva mollarining genetik zaxiralarini yaratishga sarmoya kiritilishini hamda xalqaro moliya institutlari va xalqaro hamkorlikni faollashtirish yo‘li bilan kuchaytirish.
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi
|
Atrof muhit
|
2.b-vazifa. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon bozorlarida savdo cheklovlari kiritilishi va xatolar yuzaga kelishini bartaraf etish hamda bunga yo‘l qo‘ymaslik.
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
|
Iqtisodiy farovonlik
|
2.c-vazifa. Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozoriga mahsulot yetkazib berilishini tizimli monitoring qilish hamda nazoratni yo‘lga qo‘yish va narx-navoning asossiz o‘sib ketishiga qarshi kurashish choralarini ko‘rish.
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bosh prokuratura (kelishuv asosida), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Iqtisodiy farovonlik
|
|