Topshiriq 2. 1. Pulning zamonaviy funksiyalari bo‘yicha klaster tuzing.
Topshiriq 3. Quyidagi 20 – rasmdagi chizmani to‘ldiring.
Qog`oz pullar
20 – rasm. Qog`oz pullar va uning turlar
Topshiriq 4. Quyidagi 21 – rasmdagi chizmani to‘ldiring.
21 – rasm. Pulning rivojlanish bosqichlari
Topshiriq 5. 16 – jadvalda O‘zbekistonda milliy valyutani joriy qilish bosqichlarini aks ettiring
16 – jadval
O‘zbekistonda milliy valyutani joriy qilish bosqichlari
Bosqichlar
Yillar
Xususiyatlar
Topshiriq 6. 1. 20ta mamlakat pul birliklarini jadval shaklida yozing.
Topshiriq 7. 1. Sizda 1 mln. so‘m naqd pul bor. Do‘stingizda esa shuncha so‘mlik aksiyalar bor. Ikkinchi do‘stingizda 1 mln. so‘mga baholangan dala hovli bor. Kimning mulki yuqori darajada likvidli? Doimo mulkni likvidli shakliga qarab saqlash ratsional hisoblanadimi?
Topshiriq 8. 1. Quyidagi xolatlar pulning qaysi funksiyalarini juda ravshan ifoda qiladi?
a) Sizga avtomobil sotib olish uchun pul zarur bo‘lganligi tufayli dala xovlingizni sotmoqchisiz.
b) Ehtiyotkor odam sifatida siz ba’zi «qora kun» uchun deb pul ajratib qo‘yasiz.
c) Dugonalaringiz bilan restoranga keldingiz va sizga ofitsiant tayyorlanayotgan taomlar baholari ko‘rsatilgan menyuni taklif qildi.
Topshiriq 9. Tushuncha va talqinlar o`rtasida moslikni o`rnating.
Asosiy tayanch tushunchalar
1. Pulning real qiymati
2. Pul massasi
3. Banknotlar
4. Likvidlik darajasi
5. Narxlar o‘lchovi (masshtabi)
6. Naqd pul
7. Milliy valyuta
8. Ratsionalistik kontsеptsiya
Talqinlar a) Pul va naqd pulga aylantirish imkoniyati turlicha bo‘lgan naqd bo‘lmagan pul va kvazi pullar, qimmatli qog‘ozlar.
b) Pul massasini naqd pulga aylantirish imkoniyati.
c) aholi tomonidan ishlatiladigan va jismoniy ekvivalentda ifodalangan davlatning valyutasidir, ya`ni muomalaga chiqarilgan banknotalar va tangalar.
d) pulning kеlib chiqishini kishilar o‘rtasidagi bitim, kеlishuv natijasi sifatida izohlaydi. e) tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun muayyan miqdordagi pul matеrialini birlik qilib olish.
f) bu uning xarid qilish layoqati yoki pul birligiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdoridir.
g) markaziy emissiya banklari chiqaradigan qog‘oz pullar, kredit pullarning asosiy turi.
h) muayyan davlat (davlat markaziy banki) tomonidan chiqariladigan valyuta.
Topshiriq 10. Masala 1. Muomaladagi tovarlar narxining yig‘indisi 300 ming so‘m, kreditga sotilgan tovarlar narxining yig‘indisi 200 ming so‘m, to‘lov muddati kelgan tovarlar narxi yig‘indisi – 10 ming so‘m, qoplangan to‘lovlar – 15 ming so‘m. pul birligi so‘m 1 yilda o‘rtacha 25 oborot qiladi. Muomalaga zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlang.
Topshiriq 11. Masala 1. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlang? Agar muоmalaga 15 ming so‘m chiqarilsa, iqtisodiyotda qanday o‘zgarish bo‘ladi?
Topshiriq 12. Masala 1. Milliy bankimiz filialida qog‘oz pullar 215 so‘mni tashkil etsin. Jamg‘arma kassalar hisobidagi qo‘yilmalar – 800 so‘m bo‘lsa, chek qo‘ylmalar - 1615 so‘m bo‘lsa mayda muddatli qo‘yilmalar 2382 so‘m bo‘lsa, yirik muddatli qo‘yilmalar 620 so‘m bo‘lsa M1, M2, M3 pul agregatlarini hisoblang.
Topshiriq 13. Topqirlik mashqi
Кatakchalarga mos ravishda iqtisodiy tushunchalarning harfini joylashtiring.
1) ma’lum bir naflilikka ega, ayirboshlash uchun yaratilgan ne’mat;
2) raqobatlashuvchi tomonlar;
3) sotuvchi va xaridorning tovar, ish, xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash mu-nosabati, ya’ni oldi-sotdi aloqalari va ularni ma’lum bir tartib asosida amalga oshirila-digan joy.
4) yer va boshqa tabiiy resurslar keltiradigan daromad;
5) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik va moliyaviy operatsiyalarining to‘g‘ri yuritilishi, ularning qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlarga mosligi, talabga javob berishini tekshirish va qonunda belgilangan boshqa xizmatlar ko‘rsatishni o‘rganadigan fan;
6) pul mablag‘lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo‘lishi yoki to‘lov qobiliyatiga ega ehtiyoj;
7) savdo-sotiq ishlari, tovarlar narxi kotirovkasini aniqlash, narx oshkoraligini ta’minlashga xizmat qiluvchi tijorat muassasasi;
8) biror ish yuzasidan keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul, oziq-ovqat va h.k;
9) ayirboshlash, olish-sotish bilan bog‘liq muomala, savdo-sotiqdan tushgan pul, oldi-sotdi jarayonida narx ustida tortishuv, qiyishuv;
10) yer egasiga mahsulot shaklida to‘lanadigan renta;
11) biror narsa yoki kishi haqida boshqalarni ishontirib, mas’uliyatni o‘z zimmasiga oluvchi, kafolat beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
12) biror narsaning cheklangan normasi, foydalanish uchun belgilangan muayyan miqdor;