1. iqtisodiyotga kirish


Resurslarga bo‘lgan talab hosila talab ekanligi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə100/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

3. Resurslarga bo‘lgan talab hosila talab ekanligi. Resurslarga bo‘lgan talabning hosilaviy xususiyati shundan iboratki, resurslarga bo‘lgan talab ana shu resurs yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab miqdori bilan aniqlanadi. Masalan, dastgohlarga talab shu dastgohlar yordamida ishlab chiqariladigan matoga bo‘lgan talabga bog‘liq bo‘ladi. Agar ma’lum bir mato turiga talab bo‘lmasa, u holda ishlab chiqarilgan dastgohlarga talab pasayishini taxmin qilish mumkin.
Resurslarga bo‘lgan talab resurslar bozorining muhim jihatidir. Ishlab chiqaruvchilar va firmalar tomonidan taqdim etiladigan resursga bo‘lgan talabga bir qator omillar ta’sir etadi, jumladan:
1. Resurs narxi. Mukammal raqobat sharoitida resurs narxi tegishli resurs bozorida talab qonuni asosida shakllanadi. Ishlab chiqarish omiliga narx oshsa, unga bo‘lgan talab kamayadi, pasayganda esa aksincha oshadi. Ishchi kuchi omilini olaylik, agar mehnat narxi, ya’ni ish haqi stavkasi oshsa, u holda ishchi kuchiga talab kamayadi. Aksincha, ish haqining pasayishi bilan ishchi kuchiga talab oshadi.
2. Resurs unumdorligi. Sifatli va unumdorligi yuqori bo‘lgan resurs qimmatroq turadi. Yuqori malakali ishchining maoshi past malakali ishchiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Hosildor yer egasiga to‘lanadigan renta hosildorligi past bo‘lgan yer egasining rentasidan ko‘proq bo‘ladi. Resurslarning samaradorligi ko‘p omillarga bog‘liq. Masalan, xodimning mehnat unumdorligi birinchi navbatda uning malakasi, ma’lumot darajasi va tajribasi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, uning mehnat unumdorligi uchun mehnatning texnik jihozlanishi va foydalaniladigan ishlab chiqarish texnologiyasi katta ahamiyatga ega. Texnika va texnologiya qanchalik mukammal va innovatsion bo‘lsa, mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
3. Resursdan foydalanib ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxi. Yer, kapital va mehnat pirovard natijada insonlarga zarur tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun kyerak. Demak, ishlab chiqarish omillarga talab va ularning narxi iste’mol talabining hosilasidir. U yoki bu resursga talab uning yordamida ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabga bog‘liq
4. Boshqa resurslarning narxi, ularning bir- birining o‘rnini bosishi. Mahsulotga bo‘lgan talab o‘rnini bosadigan mahsulotlar narxlariga va bir-birini to‘ldiruvchi mahsulotlar narxlariga bog‘liq. Xuddi shunday holat resurslar bozorlarida ham mavjud. Aytaylik, ba’zi ishlab chiqarishda mehnat va kapital ma’lum darajada bir-birining o‘rnini bosa oladi. Masalan, siz xandaqlarni qo‘lda yoki ekskavator bilan qazishingiz mumkin. Agar ekskavatorlar narxi sezilarli darajada pasaysa, unda qo‘l mehnatiga talab kamayadi, chunki qo‘l mehnati asta-sekin mashina mehnati bilan almashtiriladi.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin