3. Firmalar o‘rtasidagi o‘zaro harakat. Firmalar bir-biri bilan qanchalik yaqin aloqada bo‘lsa, ularning monopol kuchi shunchalik yuqori bo‘ladi. Aksincha, kompaniyalar bir-birlari bilan qanchalik tajovuzkor raqobatlashsalar, ularning bozor narxlariga ta’sir etish qobiliyati shunchalik zaiflashadi. Haddan tashqari holat, narxlar urushi, narxlarni raqobatbardosh darajaga tushirishi mumkin. Bunday sharoitda individual firma bozor ulushini yo‘qotmaslik uchun o‘z narxini ko‘tarishdan qo‘rqadi va shu bilan minimal monopol hokimiyatga ega bo‘ladi.
9.1 Iqtisodiy resurslarga talabning shakllanish xususiyatlari Milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasi resurslarning miqdori, ulardan oqilona foydalanishga bog‘liq. Ishlab chiqarish omillari bozorida narxlarning shakllanishi milliy iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi. Chunki narxlash ishlab chiqarilgan mahsulotda har bir insonning ulushini, jamiyatning barcha a’zolarining daromadlaring va farovonligi darajasini, ya’ni daromadlarning taqsimlanishini aniqlaydi. Shuning uchun iqtisodiyot fanida omil daromadlarning shakllanishi va ularning taqsimlanishi muommosiga alohida e’tibor byerib kelinadi. Omil daromadi – bu ishlab chiqarish omillari: kapital, mehnat, yer va tadbirkorlik qobilyatidan olingan daromad. Ishlab chiqarish omillari (resurs) bozorida ishlab chiqaruvchilar xaridor hisoblanadi. Ana shu jihatdan ishlab chiqarish omillari bozori oddiy inson ehtiyojlarini qondirish uchun tovarlar sotiladigan iste’mol tovarlari bozordan farq qiladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sarflangan xarajatlar, resurs egalari ya’ni uy xo‘jaliklari uchun daromad hisoblanadi. Mikroiqtisodiy jihatdan daromad deganda, shaxsning resurslariga mos qo‘liga kelib tushgan pul summasi tushuniladi.
Bozor iqtisodiyotida xarajatlar va daromadlarning doiraviy aylanishida resurs bozori muhim rol o‘ynaydi. Talab va taklifning o‘zaro ta’siri orqali resurs bozorlari jamiyat ixtiyoridagi cheklangan resurslarning individual iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishini tartibga soladi. Resurs bozorlarida bir tarafdan narx shakllanadi, narxning asosini ishlab chiqarish harajatlari tashkil qiladi, ikkinchi tarafdan esa uy xo‘jaliklarining daromadlari shakllanadi. Uy xo‘jaliklari resurslarni tegishli bozorlariga yetkazib byerib (sotib), evaziga o‘z daromadlarini oladilar.