1. iqtisodiyotga kirish


Resurslarga bo‘lgan talab korxonalar, ya’ni ishlab chiqaruvchilar tomonidan, taklif esa resurs egalari uy xo‘jaliklari tomonidan shakllantiriladi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə99/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Resurslarga bo‘lgan talab korxonalar, ya’ni ishlab chiqaruvchilar tomonidan, taklif esa resurs egalari uy xo‘jaliklari tomonidan shakllantiriladi. Mahsulot ishlab chiqaradigan firma uchun resurslar narxi katta ahamiyatga ega, chunki ishlab chiqarish harajatlari darajasi aynan resurslar narxiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish omillari bozorining har birida resurs narxi ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan talab va taklif ta’sirida shakllanadi. Bozorda har bir resurs uchun resurs narxi o‘ziga xos xususiyatlarga ega va bular maxsus shaklda namoyon bo‘ladi. Jumladan:
- yer - renta
- mehnat narxi - ish haqi;
- ishlab chiqarish kapital narxi - foiz;
- tadbirkorlik qobiliyati- foyda
Shu bilan birga, resurs bozorida narxlarning shakllanishini murakkablashtiradigan o‘ziga xos holatlar mavjud:
1. Resurslar taklifining cheklanganligi. Resurslarning ko‘p turlari takror ishlab chiqarib bo‘lmaganligi sababli cheklangandir. Masalan, dunyoda neftga talab katta, ammo uning miqdori juda oz, zaxiralari esa tugamoqda. Xuddi shu holat unumdor yerlarga ham xos. Yuqori malakali ijodiy ishchi ham kam uchraydigan resurs hisoblanadi, bunday ishchilarga talab har doim taklifdan yuqori bo‘ladi. Talabga ega iste’mol tovarlarini esa yetkazib byerishni har doim ko‘paytirish mumkin.

2. Muayyan resursga bo‘lgan talab miqyosiga institutsional omillarning kuchli ta’siri. Resurslarga bo‘lgan talabga ta’sir qiluvchi institutsional omillarga yer bozorini davlat tomonidan tartibga solish kasaba uyushmalari faoliyatini misol qilish mumkin. Ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun yer olish juda qiyin, chunki davlat qishloq xo‘jaligi va boshqa yer maydonlaridan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Ushbu qoidalar qatoriga yer solig‘i kiradi, soliq stavkasini oshirish yerdan foydalanganlik uchun ijara haqini oshiradi. Kasaba uyushmalari ishchilarni yollash va ishdan bo‘shatishga qarshi kurashib, ish haqini shakllantirishni murakkablashtiradi. Bu esa mehnat bozorida ishchi kuchi narxining oshishiga olib keladi.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin