Renta (R) – uy xo‘jaliklari tomonidan yer, bino va turar joylarni ijaraga berib topgan daromadi.
Foiz (r) – pul kapitali egasining daromadi, kredit, bankdagi qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar va h.k. Bunda davlat tomonidan amalga oshipiladigan foizli to‘lovlar, foizli daromadlar tarkibidan chiqapiladi.
Foyda (P) – nokorporativ va korporativ foydadan iborat, ya’ni xususiy, sherikchilik, korporativ korxonalar foydasi va korporatsiyalar ko‘radigan foyda. Korporativ foyda o‘z ichiga foydaga soliqlar sifatida davlat daromadlari, aksiyalar bo‘yicha dividentlar sifatida aksionerlarning daromadi (taqsimlanadigan foyda) va korxona ixtiyorida qoluvchi foyda (taqsimlanmagan foyda).
Biznesga egri soliqlar (T) – bu aksiz yig‘imlari, sotuvdan soliqlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona xirojlari, yer va mulk solig‘i. Ushbu soliqlar ishlab chiqaruvchilardan iste’molchiga mahsulot narxida qo‘shilishi orqali o‘tkaziladi.
Amortizatsiya ajratmalari (A) – aslida joriy yilda YaMM ishlab chiqarish uchun iste’mol qilingan investitsiyaviy tovarlar (stanok, asbob – uskunalar) sotib olish uchun ajratmalardir. Uning xarajat sifatida ahamiyati tadbirkorlik sektor daromadlarining bir qismida resurslarni yetkazib beruvchilar bilan hisob – kitob qilish uchun foydalanib bo‘lmasligi bilan belgilanadi. Bu xarajatlarning bir qismi aynan mahsulot qiymatining, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi bo‘lib, u korxona foydasini kamaytiradi. Biroq ishlab chiqarish chiqimlarining boshqa turlaridan farq qilib, amortizatsiya biror bir daromadga qo‘shilmaydi. Boshqacharoq aytganda, amortizatsiya ajratmalari shuni bildiradiki, YaMMning bir qismi ishlab chiqarishda ishlatilgan mashina va uskunalarni kelajakda qoplash uchun olib qo‘yilishi lozim. Agar olib qo‘yilmasa, unda korxonalarning ishlab chiqarish zaxiralari ahvoli kelajakda talabga javob bermay qoladi.
Milliy hisob tizimida xarajatlar qismi daromadlar qismida teng bo‘lishi lozim:
Joriy yilda ishlab = YaMM = Joriy yilda ishlab
chiqarilgan mahsulot- chiqarilgan mahsulot-
dan olingan, pul da- larni xarid qilishda
romadi xarajatlar
yoki ∑daromad = ∑xarajat