1. iqtisodiyotga kirish


Qaysi korxonalar ishlab chiqarishda qatnashmoqlari va ishlab chiqarishlarini qay yo‘sinda tashkil etishlari lozim. Mahsulotlarni qanday ishlab chiqarish lozim?



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə19/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Qaysi korxonalar ishlab chiqarishda qatnashmoqlari va ishlab chiqarishlarini qay yo‘sinda tashkil etishlari lozim. Mahsulotlarni qanday ishlab chiqarish lozim?

Iqtisodiy nuqtayi nazaridan yuqori samara beradigan texnologiyalarni qo‘llashni xohlaydigan va bunga qodir bo‘lgan firmalar ishlab chiqarishni amalga oshirishlari kerak. Ma’lumki, iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish omillariga va ularga bo‘lgan narxlarga bog‘liqdir. Faraz qilamiz, qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish imkonini beruvchi ikki turdagi texnologiyalar mavjud. Birinchi turdagi texnologiya’ni qo‘llaganda ishlab chiqarish harajatlari 70 ming so‘mga ikkinchi texnolgiya’ni qo‘llaganda 90 ming so‘mga teng bo‘ladi. Bunda birinchi turdagi texnologiya’ni tadbirkor tanlaydi, chunki korxonalar katta hajmda foydani ta’minlab beruvchi samarali texnologiya’ni qo‘llashga harakat qiladilar. Tadbirkor unumliroq va arzonroq texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga qo‘llashga harakat qiladi.


3. Ishlab chiqarilgan mahsulot qanday qilib iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishi kerak? Ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash muammosida bozor tizimi ikki yoqlama o‘rin tutadi. Umuman olganda har qanday mahsulot iste’molchilar o‘rtasida ularninig daromadlari, to‘lash qobiliyatidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi. Masalan, mahsulot 200 ming so‘m turadi, uni to‘lay olgan inson mahsulotni iste’mol qilishga sotib oladi, puli yo‘q yoki yetmagan inson u mahsulotni sotib ololmaydi. Insonni to‘lash qobiliyati uning olgan daromadiga bog‘liqdir. O‘z navbatida pul daromadi ularning resurslar bozoriga yyetkazib bergan resurslar miqdori va narxiga bog‘liq. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar insonlarning daromadlariga qarab taqsimlanadi.
Uy xo‘jaliklarining daromadlarini shakllanishida resurslarga narx asosiy o‘rin tutadi. Iste’molchi o‘zining daromadi doirasida mahsulot va xizmatlarni sotib oladi. Biroq, xarid qilish jarayonida u mahsulot va xizmatlarni bir-biriga solishtiradi va sifatli, ammo narxi pastroq bo‘lganlarini sotib oladi. Demak, mahsulot narxi iste’molchilarning xarajatlar tarkibini shakllantirishda asosiy o‘rin tutadi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin