1. iqtisodiyotga kirish


Buyruqbozlik iqtisodiy tizimida mavjud



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə15/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Buyruqbozlik iqtisodiy tizimida mavjud iqtisodiy muammolar yechimlari bo‘yicha davlat qaror qabul qiladi. Barcha resurslar davlat mulki hisoblanadi. Iqtisodiy faoliyat esa markazlashtirilgan rejalashtirish vositasida boshqariladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti aralash iqtisodiyot deyiladi. U asosan resurslarga, turli xil mulkchilikka asoslanadi, iqtisodiy faoliyat esa qisman bozor, qisman davlat orqali tartibga solinadi. Bunday iqtisodiyot hozirda barcha rivojlangan mamlakatlarda mavjud. Xususan, Shvetsiya iqtisodiyoti modelini olsak, unda iqtisodiy barqarorlik va daromadlarni qayta taqsimlashda davlat faol qatnashadi. Ushbu tizimning asosini ijtimoiy siyosat tashkil etadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida yuqori soliq stavkalari belgilangan. Soliqlar yalpi milliy mahsulotning 50 % ini tashkil etadi. Buning natijasida bu mamlakat aholisining yashash darajasi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari ham yuqoridir.


AQSH iqtisodiyotida davlat “iqtisodiy o‘yin” tartiblarini, ma’orif sohasini rivojlantirishda, biznesni tartibga solishda muhim o‘rin tutadi. Ammo iqtisodiy faoliyatga tegishli bo‘lgan ko‘pchilik qarorlar bozordagi ahvol unda narxning shakllanishidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Aralash iqtisodiyotning ustun tarafi shundan iboratki, u resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligini ta’minlaydi.
Shuni ham ta’kidlamoq zarurki, iqtisodiy muammolarni hal etishning hamma tarafdan e’tirof etilgan yo‘li mavjud emas. Shuning uchun har bir davlat o‘zining rivojlanish darajasi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda resurslardan samarali foydalanish usullarini topishga harakat qiladi.
2.2. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari
Har qanday iqtisodiyotning maqsadi cheklangan resurslardan oqilona foydalanish muammosiga duch kelgan odamning turli ehtiyojlarini to‘laroq qondirishdir. Ehtiyojlar cheksiz, resurslar cheklanganligi sababli ishlab chiqaruvchilar har doim tanlash oldida turadi: nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish? Qaysi tovar va xizmatlarni va qanday hajmda ishlab chiqarilishi, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning qaysi usullari, qanday texnologiyalar qo‘llanilishi, qaysi resurslardan foydalanish maksimal iqtisodiy, ijtimoiy samara berishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va daromadlar qanday taqsimlanishi, jamiyatning barcha a’zolari, shu jumladan nogironlar, kambag‘allar va ishsizlar qanday ta’minlanishi kerakligi aniqlanishi kerak.
Ushbu murakkab va ko‘p qirrali muammolarni hal qilishda iqtisodiyot o‘z oldiga barqaror iqtisodiy o‘sishni, to‘liq bandlikni, narxlar barqarorligini, iqtisodiy erkinlikni, daromadlarni teng taqsimlashni, keksalar, kasallar va kam ta’minlanganlar uchun ijtimoiy kafolatlar berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Bozor iqtisodiyoti - bu takror ishlab chiqarishning tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyoti deganda odatda iqtisodiy qarorlar markazlashtirilmagan shaklda qabul qilinadigan iqtisodiyot tushuniladi. Bozor iqtisodiyotining asosini bozor munosabatlari tashkil qiladi. Bozorning ko‘plab ta’riflari mavjud, ammo ularning barchasi, mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro bog‘liqlik shakli ekanligidan kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi. Uy xo‘jaliklari, biznes (tadbirkorlar) va davlat bozor iqtisodiyotining asosiy subyektlaridir.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin