1.Umumiy iqtisodiy kategoriyalar – iqtisodiy hayotning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan, masalan, ishlab chiqarish, mulk, mehnat jarayoni , ish vaqti, mehnat taqsimoti, ehtiyoj kabi tushunchalar. Ular iqtisodiyotning umumiy jihatlarini izohlaydi va har qanday iqtisodiy tizimga nisbatan qo‘llaniladi.
1. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos kategoriyalar. Bu kategoriyalar bitta aniq iqtisodiy tizimga nisbatan qo‘llaniladi. Masalan, tovar, pul, taklif, talab kabi tushunchalar bozor tizimiga xosdir.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy hodisa va jarayonlarni umumlashtirish asosida qonunlar asoslab beriladi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘likligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlarni o‘ziga xos jihatlar bilan tavsiflanadi, jumladan:
- iqtisodiy qonunlar inson ongi va irodasiga bog‘liq emas, ya’ni obyektiv xarakterga ega;
- iqtisodiy qonunlar faqat jamiyat a’zolarining mehnat va ishlab chiqarish jarayoni orqali o‘zini namoyon etadi, shunisi bilan tabiat qonunlaridan farq qiladi;
- iqtisodiy qonunlar tarixiy xarakterga ega, ularning namoyon bo‘lishi, mazmuni, harakat qilish usullari ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga bog‘liq;
- insonlar iqtisodiy qonunlarni tatbiq etish yoki bekor qilolmaydilar, insonlar ulardan foydalanishi mumkin.
Iqtisodiy qonunlar o‘rganilganda ularning sifat va miqdoriy jihatlariga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Sifat jihatida ko‘rilganda ular muntazam takrorlanib turuvchi iqtisodiy hodisalar o‘rtasida bog‘liqliklar, miqdoriy jihatida esa muayyan qonunning amal qilishini ifodalovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar tahlil etiladi.
Iqtisodiy qonunlar ularning mazmuniga mos harakat qilish mexanizmiga ega. U genetik-sabab va funksional aloqalardan iborat. Aloqalarning birinchi turi qonuniyat mazmunini shakllantiradi, ikkinchisi esa iqtisodiy qonunlarning o‘zaro harakatini aks ettiradi. Ushbu jarayonda iqtisodiy qonunlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
-iqtisodiyotni tartibga solish vazifasi;
- me’yor (foyda me’yori) vazifasi;
- rivojlanish vazifasi;
- istiqbollashtirish vazifasi;
- ijtimoiy vazifasi.4 Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi iqtisodiy qonunlar asosida ro‘y beradi. Chunki ijtimoiy ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, insonlarning xo‘jalik yuritish qonunlarini anglashi va ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida ratsional foydalanishni nazarda tutadi. Iqtisodiy qonunlar ikki guruhga bo‘linadi: