1. iqtisodiyotga kirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə16/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Uy xo‘jaliklari - bir yoki bir necha shaxsdan iborat iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat yurituvchi asosiy tarkibiy birlik. Uning doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, yaratilgan pirovard tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Uy xo‘jaliklari resurslarning egasi hamda ularni yyetkazib beruvchi hisoblanadi. Ayni paytda yaratilgan tovar va xizmatlarning iste’molchisi hisoblanadi. Chunki, uy xo‘jaliklari resurslarini sotishi natijasida olgan daromadlariga tovar va xizmatlarni xarid qiladilar.

Biznes ( tadbirkorlar) - mustaqil qaror qabul qilish asosida, bozorda sotish maqsadida mavjud resurslardan foydalanib, mahsulot ishlab chiqaruvchi, har doim foydasini ko‘paytirishga harakat qiluvchi korxona (firma). Korxonani tashkil qilish tadbirkor tomonidan o‘z kapitali yoki qarzga olingan kapitalni avanslashni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad oddiygina shaxsiy ehtiyojga emas, balki ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun ham sarflanadi.

Hukumat (davlat) - foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotning barcha subyektlari bozor obyektlariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish yuzasidan iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar. Tovar va xizmatlar, ishlab chiqarish omillari (mehnat, yer, ishlab chiqarish vositalari), pullar, qimmatli qog‘ozlar, subsidiyalar, ijtimoiy to‘lovlar va shu kabilar bozorning obyektlaridir.

Bozor iqtisodiyoti mavjud bo‘lishining asosiy shartlaridan biri erkin tadbirkorlikdir. Tadbirkorlar erkin va mustaqil ravishda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etadilar, o‘z xohishlariga binoan mahsulot va xizmatlarini sotish, sotuvchi va xaridorlar tanlash imkoniyatiga egadirlar, ularning o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar ixtiyoriylik asosida quriladi.


Bozor subyektlarining iqtisodiy mustaqilligi turli mulk shakllarining mavjud bo‘lishi negizida ularning mulkka egalik qilishi, undan foydalanishi va uning natijalarini mustaqil tasarruf etishi huquqi tashkil qiladi, ikkinchidan esa raqobat mavjud bo‘lishi uchun mulkning xilma-xil tur va shakllari bo‘lishi kerak va ularning barchasining bir xil sharoitda harakatlanishi ta’minlanishi kerak.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin