Chorrahaviy elastiklik- bu boshqa mahsulot narxining o‘zgarishiga javoban sotib olingan mahsulot miqdoridagi foizli o‘zgarish ko‘rsatkichi. Talabning narx bo‘yicha chorrahaviy elastikligi ( EDXY) X tovar narxi 1% ga o‘zgarganda Y tovarga bo‘lgan talabning necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Talabning narx bo‘yicha chorrahaviy elastikligi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
EDXY = Y tovarga talabning o‘zgarishi (%) / X tovar narxining o‘zgarishi (%)
. Bu yerda: D- talab; Q-sotib olingan tovarlar miqdori; P-tovarlarning narxi.
Talabning chorrahaviy elastiklik koeffitsiyenti formulasi boshqa tovar narxining o‘zgarishiga javoban tovarga bo‘lgan talabning o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Talabning chorrahaviy elastiklik koeffitsiyenti o‘rnini bosuvchi (subtit) ikkita tovar bo‘lganda ijobiy bo‘ladi (EDXY > 0) chunki Y tovar narxi ko‘tariladi va X tovargaga talab oshadi (4.4 a- rasm). Iste’molchilar X tovar iste’molini Y tovarni iste’mol qilish bilan almashtirishlari mumkin. Ikkita tovarning o‘rnini bosuvchanligi qanchalik katta bo‘lsa, koeffitsiyentning qiymati shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, ikkita markali avtomobillar, ikkita markali ichimliklar va boshqalar.
Bir birini to‘ldiruvchi (komplementar) ikkita tovar bo‘lganda talabning chorrahaviy elastiklik koeffitsiyenti salbiy bo‘ladi (EDXY > 0). Iste’molchilar qisqa muddatda X tovar iste’molini Y tovar iste’moli tomoniga o‘zgartira olmaydi, ya’ni Y tovar narxi ko‘tarilib, X ga talab pasayadi (4.4 b- rasm). Tovarlarning bir-birini to‘ldirishi qanchalik yuqori bo‘lsa, koeffitsyient shunchalik katta bo‘ladi. Bundan tashqari, X vaY tovarlar va bir-biri bilan komplektda kelish mumkin.
А)
a) b) d)
4.4- rasm. Talabning chorrahaviy elastikligi Ikkala tovar o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan holda talabning chorraxaviy elastiklik koeffitsiyenti nolga teng (EDXY=0) chunki Y tovar narxi ko‘tariladi, X tovarga talab doimiy bo‘lib qoladi( 4.4 v- rasm). Bitta mahsulotni iste’mol qilish boshqasining narxiga bog‘liq emas. Masalan, kompyuter va muzqaymoq.
Tovarlarning yoki xizmatlarning tabiiy xususiyatlari, ularning iste’molda bir-birining o‘rnini bosa olish qobiliyati talabning chorrahaviy elastiklik koeffitsiyentini belgilaydigan omillardir.