6.3 Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish omillari
Jamiyat cheklangan resurslardan samarali foydalanishga intilib, maksimal miqdordagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun esa u to‘liq ishlab chiqarish hajmi va to‘liq bandlikni ta’minlamog‘i zarurdir.
To‘liq bandlik deganda ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‘lgan barcha resurslardan foydalanishni tushunamiz. Iqtisodiyot, ishlashni xohlovchi va bunga qodirlarni ish bilan ta’minlashi, ekiladigan barcha yerlar va ishlab chiqarish vositalarini ishlatishi zarur.
Ishlab chiqarishning to‘liq hajmi deganda resurslarni samarali taqsimlash tushuniladi, ya’ni qo‘llanilayotgan resurslardan shunday foydalanish kyerakki, bunda mahsulotning hajmi ortib borsin.
Resurslarning cheklanganligi jamiyat oldiga iqtisodiy nuqtayi nazaridan eng maqbul miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish muammosining echimini topishni talab etadi. Jamiyat qaysi mahsulotlarni qanday miqdorda ishlab chiqarishi, demak qaysi tarmoqlar qanday sur’atlarda rivojlanishi zarurligini aniqlab olishi kyerak.
Iqtisodiyotda texnologik tanlashni yoritish uchun iqtisodiy tizimning eng sodda modelidan, ya’ni ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan foydalaniladi. Ushbu modelda ikki cheklanish mavjud:
Iqtisodiyotda faqat ikkita ne’mat ishlab chiqariladi.
Mavjud resurslar doimiy texnologiyalar yordamida to‘liq foydalaniladi.
Resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklaydi. Ishlab chiqarish imkoniyati deb mavjud iqtisodiy resurslardan to‘laroq foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarish. U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ifodalaydi.
Faraz qilaylik, mamlakat iqtisodiyoti X va Y mahsulot ishlab chiqaradi. Birinchi variant bo‘yicha resurslardan 4 ming dona X tovarni ishlab chiqarish, ikkinchi variant bo‘yicha esa 14 ming kg Y tovarni ishlab chiqarish mumkin.
6.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |