5.8.- rasm. Narx o‘zgarishining byudjet chizig‘iga ta’siri
Daromaddan tashqari narxning o‘zgarishi ham byudjet chizig‘iga ta’sir etadi (5.8.-rasm) V tovar narxining pasayishi byudjet chizig‘i burchagining o‘zgargan holda yangi chiziq hosil bo‘lishiga olib keladi (M chiziq).V tovar narxining oshishi byudjet chizig‘i burchagining o‘zgargan holda yangi chiziq,hosil bo‘lishiga olib keladi (N chiziq). A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqga parallel bo‘lgan yangi chiziq hosil bo‘ladi (L chiziq).
Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi: birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig‘ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada , nazariy jihatdan biz uning barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig‘idan chapda yotsa — uning to‘liq sarflanmaganligini, o‘ngda yotsa — imkoniyat darajasidan chetda ekanligini ko‘rishimiz mumkin; ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to‘plami eng ma’qul ko‘rilgan kombinatsiyada bo‘lishi lozim. Bunda 3 ta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib, ular iste’molchiga turli darajada qoniqish beradi: I3 — eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 - o‘rtacha qoniqish; I1 — eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da - S; I2 da - D; I3 da - F nuqtalar. Iste’molchining S nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko‘p ehtiyojni qondirishi mumkin, birok u byudjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.
5.9.- rasm. Iste’molchining optimal tanlovi
D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi. Chunki, bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar tuplami eng katta qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizish bilan kesishgan joyida yotadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Iste’molchining tanlovini bozor sharoitida qaysi omillar belgilaydi?
2. Iste’molchining afzal ko‘rishi va naflilik tushunchilarning mazmunini ochib bering.
3. Gossenning birinchi qonunini tushuntirib bering.
4. Gossenning ikkinchi qonunining mohiyatini ochib bering, tushuntirib bering
5. Naflilikni maksimallashtirish qoidasini tushuntirib bering.
6. Befarqlik egri chizig‘i nimani ifodalaydi?
7. Almashtirish me’yoriy normasini pasayishining sabablari?
8. Iste’molchining optimal tanloviga qanday omillar ta’sir etadi?
Dostları ilə paylaş: |