1. iqtisodiyotga kirish


Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə60/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

6.2. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib ishlab chiqarish sohasidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirishga tayyor mahsulot hisoblanadi, ya’ni bu mikroiqtisodiy darajada korxona yaratgan mahsulot, makroiqtisodiy darajada yalpi milliy mahsulot.

Yalpi milliy mahsulot - bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxida hisoblangan qiymati. Milliy mahsulot moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari yillik faoliyatining umumiy natijasi hisoblanadi. Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni:
1) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi (s);

2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni ishchilarga tegishli qismi – zaruriy mahsulot qiymati (v);


3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati (m)dan iboratdir.


Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi.

Tayyor (pirovard) mahsulotlar bular iste’molchilar tomonidan yakuniy foydalanish (iste’mol) uchun sotib olinadigan, shaxsiy yoki jamoat iste’moliga kiradigan va qayta sotish uchun sotib olinmaydigan tovarlar va xizmatlar. Shuningdek, qayta ishlashga yoki qayta sotishga mo‘ljallangan mahsulot oraliq mahsulot deyiladi. Keyingi qayta ishlash jarayonida ko‘plab ishlab chiqarilgan mahsulotlar boshqa mahsulotlar narxiga ham kiritiladi. Masalan, mamlakatda 4 milliard so‘m miqdorida metall ishlab chiqariladi. Keyin ushbu metalldan umumiy qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan avtomobillar ishlab chiqarildi. Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymati (metall + mashinalar) 14 milliard so‘mni tashkil qiladi. Biroq, metallning narxi ushbu yalpi mahsulot qiymatida ikki marta hisobga olinadi. Haqiqiy yalpi mahsulot qayta hisoblash summasiga, ya’ni 4 milliard so‘mga kamroq bo‘ladi, bu avtomobillar ishlab chiqarishda ishlatiladigan metall narxini tashkil etadi. Yalpi mahsulotning haqiqiy qiymati 14 milliard emas balki 10 milliard so‘mga teng (4 + 6 = 10).
Xuddi shu tarzda, qayta hisoblash muammosi millionlab turdagi tovarlar va xizmatlar turlaridan iborat bo‘lgan YaIMni hisoblashda hal qilinadi. Umuman olganda, qayta hisob-kitob qilinmaslik uchun ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan foydalanilgan mehnat ashyolarining qiymati, ya’ni oraliq mahsulot (bizning misolimizda 4 milliard so‘m metall) qiymati ayirib tashlanadi. Natijada, yakuniy mahsulotning narxi qoladi. Bu yalpi ichki mahsulotning qiymatiga teng. Yalpi ichki mahsulot(YaIM) qiymatidan iste’mol qilingan amortizatsiya summasini ayrib tashlasak, sof milliy (SMM) mahsulot qiymati qoladi. YaIM, SMM ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil resurslar sarfini birdaniga yoki ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini oshirish mumkin. Biroq, boshqa omillar va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Masalan, firmada ishlab chiqarish binolari, mashina, stanok va boshqa asbob -uskunalar soni va sifati o‘zgarmagan holda ishchilar sonini va xomashyo miqdorini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulotni ma’lum hajmda oshirib borish mumkin. Bunda bino va asbob - uskunalar to‘xtovsiz ishlatiladi, ilgari bir smenada ishlayotgan bo‘lsa, endi ikki yoki uch smenada ishlatishga yerishiladi. Ammo ma’lum darajaga borgandan keyin qo‘shimcha jalb qilingan ishchi kuchi yoki xomashyolar samarasi kamayadi. Undan tashqari ishlab turgan ishchilar soni o‘zgarmagan holda ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish, ya’ni har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital miqdorini oshirish hisobiga ham mahsulotni ko‘paytirishga yerishish mumkin. Lekin, bu jarayon ham cheksiz emas. Bunda omillardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda aniqlash mumkin: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va qo‘shilgan mahsulot.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin