1. iqtisodiyotga kirish


- rasm. Mehnat bozorida taklif egri chizig‘i



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə103/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

9.2- rasm. Mehnat bozorida taklif egri chizig‘i
aholi sonini aniqlovchi demografik omillar (tug‘ilish, o‘lim, tibbiy o‘sish, yosh–jins tuzilishi); nafaqa yoshi; mehnatga yaroqli aholining migratsiyasi; xodimning kasbiy malakaviy tayyorlanganligi; va ularning ishini o‘zgartirishdagi faolligi; ish kuni davomiyligi; ish haqidan tashqari daromad olish manbaining mavjudligi.
Raqobatdosh mehnat bozoridagi ishchi kuchi taklifi ikkita qiziqarli iqtisodiy hodisa bilan tavsiflanadi. Xo‘sh, ishchilarning ma’lum bir guruhiga ish haqi stavkalari oshirish bilan ishchi kuchining taklifida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? Javob aniq bo‘lib tuyulishi mumkin: ishchi kuchi taklifi ko‘payishi kyerak, ammo bu yerda o‘rnini to‘ldirish samarasi va daromad samarasi paydo bo‘ladi. Dastlab, ish haqi oshishi bilan xodim tomonidan bo‘sh vaqtning har bir soati zararning ko‘payishi, aniqrog‘i qo‘ldan boy byerilgan imkoniyat (naf) sifatida qabul qilinadi. Ushbu boy byerilgan imkoniyatni, bo‘sh vaqtni ish vaqtiga aylantirish orqali ro‘yobga chiqarish mumkin. Ushbu jarayon o‘rnini bosuvchi samara deb ataladi.

9.3 – rasm. O‘rnini bosish samarasi.
O‘rnini bosish samarasiga daromad samarasi qarshi turadi. Xodimning moddiy farovonligi ma’lum bir yuqori darajaga yetganda xodimlarning bo‘sh vaqtga qarashi o‘zgaradi. Endi bo‘sh vaqtga boy byerilgan imkoniyat yoki naf emas, balki dam olish imkoniyati sifatida qaraladi. Endi ko‘proq tovar sotib olish bilan bir qatorda ko‘proq bo‘sh vaqtga ega bo‘lish xohishi vujudga keladi. Buni esa mehnat taklifini qisqartirish, bo‘sh vaqtni naqd pulga emas balki, qo‘shimcha ishlaganda olishi mumkin bo‘lgan pul daromadiga sotib olish mumkin bo‘ladi. Grafikda
(9.3.-rasm) xodimlarning bir guruhi ma’lum bir ish haqi darajasida ishlashi mumkin bo‘lgan umumiy ish vaqti aks ettirilgan.
Oddiy mehnatga bo‘lgan talab egri chiziqidan grafikdagi egri chiziq o‘zining shakli bilan farq qiladi. I nuqtagacha egri chiziq ish haqi oshishi bilan mehnat taklifi oshishini ko‘rsatadi- ordinata chizig‘idan uzoqlashadi (o‘rnini bosish samarasi). I nuqtadan o‘tgandan so‘ng u egilib ordinata chizig‘iga yaqinlashmoqda (daromad samarasi). Demak ish haqining ma’lum bir darajagacha oshishi mehnat taklifini oshiradi, maksimal darajaga yetgandan so‘ng mehnat taklifi ish haqining oshishi sharoitida kamayib boradi. Endi biz mehnat bozorida muvozanat holatini



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin