1. iqtisodiyotga kirish


Yerdan foydalanganlik uchun uning egasiga to‘lanadigan haq renta (R) deb ataladi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə111/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Yerdan foydalanganlik uchun uning egasiga to‘lanadigan haq renta (R) deb ataladi. Renta qishloq xo‘jaligida ishlovchilar tomonidan yaratilgan qo‘shimcha mahsulotning bir qismi bo‘lib, yer egalari tomonidan ijara to‘lov ko‘rinishida o‘zlashtirib olinadi. Renta yerga bo‘lgan mulkchilikni amalga oshirishning iqtisodiy shaklidir.
Iqtisodiyot nazariyasida yer rentasi masalasiga turlicha yondashuvlar mavjud. Yer rentasining markscha konsepsiyasi barcha turdagi daromadlarning manbaiy qo‘shimcha qiymat degan g‘oyaga asoslanadi. Shuning uchun renta qo‘shimcha qiymatning o‘zgargan shaklidir. Marks rentaning absolyut va diffyerensial turlarini farqlagan. Diffyerensial rentaning vujudga kelishining asosiy sabablari quyidagilar:
-birinchidan, xo‘jalik yuritish uchun yaroqlli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligi natijasida yerga mulkchilik obyekti sifatidagi monopoliya’ning mavjudligi. Ushbu holat unumdorligi yuqori, o‘rtacha va past bo‘lgan barcha yerlardan unumli foydalanishni taqozo etadi. Chunki qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab doimo oshib boradi.
-ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narxlarning shakllanishida o‘ziga xoslik mavjud. Diffyerensial renta ishlab chiqarishning ijtimoiy narxi bilan individual narxi o‘rtasidagi farqqa teng hamda unumdorligi yuqori va o‘rtacha yerlarda olinadi.
-uchinchidan, qishloq xo‘jaligida kapitalning organik tuzilishi qo‘llanadigan ishlab chiqarish vositalarining xodimlarning soniga nisbati pastligi.
Diffyerensial renta unumdorligi yuqori va o‘rtacha yerlarda olinadi. Diffyerensial renta ishlab chiqarishning ijtimoiy narxi bilan individual narxi o‘rtasidagi farqqa teng. Diffyerensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab diffyerensial renta I va diffyerensial renta II ga bo‘linadi.


Diffyerensial renta I yerlarning tabiiy unumdorligidagi yoki yer uchastkalarining yetishtirilgan mahsulotni sotishga mo‘lljalangan bozorlarga nisbatan joylanishidagi farqlarning mavjudligi sababli vujudga keladi. Diffyerensial renta I ning hosil bo‘lishini shartli misol yordamida ko‘rib chiqamiz (9.1.-jadval).
Misolimizdagi uch xil yer uchastkalari (mos holda unumdorligi past, o‘rtacha va yuqori) da olingan mahsulotningmiqdori har xil, ya’ni mos holda A uchastkasida 20 tonna, B uchastkasida 25 tonna, A uchastkasida 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yetkazilgan mahsulotlar ning individual qiymati ham turlicha bo‘lib chiqadi (mos holda 500, 400, 300 so‘m).



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin