1. iqtisodiyotga kirish


- rasm. Yer egasi- fyermyerning rentasi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə113/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

9.8. - rasm. Yer egasi- fyermyerning rentasi

9.9.- rasm. Ijarachi-fyermyer rentasi.
Qolgan WDE maydon yer rentasi miqdorini tashkil qiladi. P.Samuelson xulosasiga ko‘ra yer rentasi miqdori «qoldiq usul» bilan aniqlanadi, ya’ni yaratilgan mahsulotning hajmidan ish haqi miqdori ayirmasiga teng. Olingan rentani fyermyer (yer egasi ) oladi. Endi ushbu masalani ijarachi fyermyer nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqamiz (9.9-rasm). Ma’lumki, yer taklifi noelastikdir. Shuning uchun yer taklifining egri chizig‘i (SS) vertikal ko‘rinishga egadir. Yerga talabni (DD) egri chiziq aks ettirmoqda. (E) nuqta yer uchastkalarga bo‘lgan talab va taklifni muvozanatlantiruvchi yer rentasi darajasini ko‘rsatadi.
Agarda ijara to‘lov (renta) E nuqtasidan oshib ketsa, unda yer taklifi unga bo‘lgan talabdan yuqori bo‘ladi. Bunday holatda yer egasi yerni ijaraga topshirishi qiyinroq bo‘ladi va u renta miqdorini pasaytirishga majbur bo‘ladi.
Agarda ijara to‘lov E nuqtadan pastga tushib ketsa, unda yerga taklif unga bo‘lgan talabdan yuqori bo‘ladi. Bunday holatda yer egasi ijara to‘lov (renta) miqdorini ko‘taradi. Demak, faqat (E) nuqtasida yerga bo‘lgan talab va taklif miqdori bir-biriga teng bo‘ladi.


Ijara haqi. Renta ijara haqi shaklida to‘lanadi. Agar ijaraga byeriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilarni barpo etishga mablag‘ sarflanmagan bo‘lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga teng bo‘ladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan renta, yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz; yer uchastkasini ijaraga byergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara obyekti emas, balki oldi-sotdi obyekti hamdir.Yer inson mehnati mahsuli bo‘lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Yer va boshqa tabiat in’omlari narxini irratsional narxlardir. Yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir, chunki yer uchastkasining egasi uni sotishda olingan summani bankka qo‘yganda, u keltiradigan foiz shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo‘lmagan taqdirdagina yerni sotadi. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to‘gri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Binobarin,yerning narxi yer rentasi miqdori va ssuda foizi me’yoriga bog‘liq. Renta miqdori oshganda yer narxi ko‘tariladi foiz normasi oshganda esa yer narxi pasayadi. Shundan kelib chiqib, yerning narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
B=
Bu yerda: R - renta r - ssuda foizi normasi;
B - yer bahosi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin