1. iqtisodiyotga kirish


Taklif narxlarining elastikligi bir qator omillar bilan belgilanadi, ularning eng muhimlari quyidagilar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə47/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Taklif narxlarining elastikligi bir qator omillar bilan belgilanadi, ularning eng muhimlari quyidagilar:
1. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, tovar taklifi shunchalik yuqori bo‘ladi.
2. Tarmoqda shakllangan xarajatlar darajasi. Agar korxona harajatlari o‘rtacha tarmoq qiymatidan past bo‘lsa, korxona o‘z taklifini kengaytirishi mumkin.
3. Ichki resurslarning mavjudligi. Bunday holatda korxona mahsulot hajmini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 4. Takliflarning elastikligi qanchalik yuqori bo‘lsa, tovarlarni uzoq muddat davomida saqlash imkoniyati shunchalik katta bo‘ladi va uni saqlash harajatlari kam bo‘ladi.

5. Agar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqaruvchiga o‘z mahsulotining bozor narxi oshgan taqdirda mahsulot hajmini tezda ko‘paytirishga yoki bozor holati yomonlashganda narxning pasayishi holatida boshqa biron bir mahsulotni ishlab chiqarishga yo‘naltirishga imkon bersa, taklif elastik bo‘ladi.

6. Vaqt omili: ishlab chiqaruvchi narx o‘zgarishi bilan bog‘liq yangi bozor sharoitlariga "moslashishi"ga qanchalik vaqt ko‘p bo‘lsa, taklif shunchalik elastik bo‘ladi. Tadbirkorlarning ishlab chiqarishni o‘zgartirishi kerak bo‘lgan vaqt qancha ko‘p bo‘lsa, taklif shunchalik yuqori bo‘ladi.
Narx bo‘yicha taklifning elastlikligini tahlil qilishda quyidagi vaqt oraliqlari farqlanadi:
• tezkor (eng qisqa);
• qisqa muddat;
• uzoq muddat.
Birinchi (eng qisqa ) intervalda ishlab chiqaruvchi tovar taklifini ko‘paytira olmaydi. Talab oshib bormoqda, narx oshmoqda, tovarlar tez sotilmoqda. Savdoning bir kuni ushbu vaqt oralig‘iga misol bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi (qisqa muddatli) intervalda ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha resurslarni jalb qilgan holda mavjud imkoniyatlardan foydalanadi (masalan ishni 3 smenada tashkil qilish). Bu tovarlar taklifini ko‘paytirish va yuqori narxlar va mahsulotni sotish hajmlarning oshishi tufayli qo‘shimcha foyda olish imkoniyatini beradi. Bir hafta ushbu vaqt oralig‘iga misol bo‘lishi mumkin

Uzoq muddatli istiqbolda ishlab chiqaruvchi kapital hajmini oshirishi, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishi, yangi sex yoki korxona qurishi mumkin. Ushbu vaqt oralig‘iga bir oy, bir yil yoki bir necha yil misol bo‘lishi mumkin (kapital qo‘yilmalar miqdoriga qarab).

Demak, vaqt omili umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladigan siljishlar, resurslar harakati va investitsiyalar bilan bog‘liqdir. Ushbu siljishlar xarajatlar va taklifning doimiy bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Agar bir tarafdan ushbu jarayonlar sodir bo‘lmaganda, unda talabning oshishi mahsulotning emas, narxlarning o‘sishiga olib keladi, ikkinchi tarafdan ushbu jarayonlar sodir bo‘lganda, talabning oshishi taklif hajmini ko‘paytiradi, talabni to‘ydiradi va narxlarning oshishidan saqlaydi.




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin