Monopoliya’ning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra tabiiy va sun’iy monopoliyalar farqlanadi.
Tabiiy monopoliya mulkchilik huquqi yoki davlat litsenziyalariga emas, balki tabiat qonunlarini aks ettiruvchi texnologiyalarni o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanadi. Tabiiy monopoliyalar – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlarini taqozo qilib, ular raqobatni q‘llash mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan sohalarni o‘z ichiga oladi ( suv, enyergiya, gaz ta’minoti korxonalari, temir yul transporti, telekommunikatsiya) Tabiiy monopoliya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Tabiy monopoliya raqiblarning kirib kelishiga to‘siqlar, davlat imtiyozlari yoki axborotni cheklash natijasida mavjud bo‘lishi mumkin. Tabiy monopoliyalar ishlab chiqarish ko‘lamlaridan samaradorlikni oshib borishi, ya’ni ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik harajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo‘ladi. Bularning ishlab chiqarish harajatlari sof raqobat yoki oligopoliyaga nisbatan past bo‘ladi.
Iqtisodiy (sun’iy) monopoliyalar – ishlab chiqarish va kapitalning to‘planishi hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi. Bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli to‘siqlar hosil qilish, eng yuksak darajadagi texnologiyalarga ega bo‘lib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon byermaslik, nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llash orqali ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish va shu kabi yo‘llar orqali sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishiga ta’sir etib, uni ataylab o‘zgartiradi. Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsyern kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «O‘zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan ko‘plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakka hukmronlik mavqeiga ega bo‘ladi.
Monopoliyalarning iqtisodiyotda tutgan o‘rni ziddiyatlikdir. Monopoliya o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega.