1. iqtisodiyotga kirish


Monopoliya’ning afzalliklariga



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə87/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Monopoliya’ning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
- monopoliya mavjud bo‘lganda, ishlab chiqarish harajatlari kamayadi va resurslardan ancha tejamli foydalaniladi;
-iqtisodiy inqirozda monopoliyalar ishlab chiqarishning pasayishini jilovlab turishga va bandlik darajasini saqlab turishga yordam beradi. CHunki, monopolistik uyushmalar davrida oddiy kompaniyalarga qaraganda ko‘proq vaqt inqirozga dosh beradilar va ularga nisbatan vaqtliroq inqirozdan chiqishni boshlaydilar;
- monopoliyalar yetarli darajada pul mablag‘lariga ega bo‘lganligi sababli, ular ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtiradilar, bu esa monopoliyalarga innovatsion texnika va texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga tatbiq etishga imkon beradi.
-sifatli tovarlarni ishlab chiqarish. Ba’zida monopoliyalar sifatli tovarlarni ishlab chiqaradilar, shu tufayli ular bozorda ustun mavqega ega bo‘ladilar;
- monopoliya ishlab chiqarishining katta ko‘lami ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishga va resurslarni iqtisod qilishga imkon beradi, bu esa pirovar natijada ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.
Afsuski, monopoliya’ning salbiy tomonlari ham mavjud:
- bozorda o‘zlarini mutloq mavqega ega bo‘lgan monopoliyalar mahsulot ishlab chiqarishni cheklaydilar va yuqori narxni belgilaydilar. Darhaqiqat, monopol kompaniya’ning o‘zi ma’lum bir mahsulot narxini o‘zi belgilaganligi sababli, u narxni sezilarli darajada oshirishi, nafaqat matyeriallarga harajatlarini to‘lashi, balki uning sof foydasini ham bir necha bor oshirishi mumkin, ayni paytda xaridorlar oshirilgan narxda tovarlarni sotib olishga majbur bo‘lishadi, chunki ular boshqa imkoniyatga ega emaslar. Natijada narxni oshirib yuborish oqibatida aholi turmush darajasi pasayadi.
- raqobat yo‘qligi sababli ilmiy-texnik taraqqiyotning to‘silishi. Albatta, ilmiy texnik taraqqiyotning sekinlashishi mumkinligining sababi monopolistlar raqobatchilar tomonidan bosimni sezmasliklari tufayli, ular zo‘riqmasdan juda katta foyda olishlari mumkinnligidadir.Bunga esa ularning bozordagi hukmronligi imkon beradi, bu holat esa o‘z navbatida monopolistlarga o‘z bizneslarini takomillashtirish, rivojlantirish, ishlab chiqarish o‘sishi imkoniyatlarini izlash, ishlab chiqarish turlarini ko‘paytirishga rag‘batlantirmaydi.
- iqtisodiy mexanizmni ma’muriy diktatura shakli bilan almashtirish,tovarlar sifatining pasayishi. Albatta, monopolist o‘z mablag‘larini tovarlar sifatidan tejashga qodir.
- monopol kompaniya mahsulotga bo‘lgan talabni oshirish yoki oshirilgan narxlarni iste’molchilar oldida oqlash uchun kichik hajmda mahsulot ishlab chiqarishadi. Shu tarzda, monopolistlar mahsulotni noyobroq qiladi.
- raqobat yo‘qligi sababli, baribir ishlab chiqarilayotgan mahsulotga talab katta bo‘ladi, shu sababli monopolist o‘ziga mos keladigan rivojlanish bosqichida to‘xtab qolishi mumkin, ya’ni rivojlanish sekinlashishi yoki to‘xtab qolishi mumkin.
- yangi kompaniyalarning bozorga kirishi qiyinligi. Monopolistning bozorda mavjud bo‘lgan to‘siqlari tufayli bu sohada yangi kelganlar juda qiyin vaqtga duch kelishmoqda.
- shaxsiy manfaatlar uchun ishlash istagi. Albatta, monopolist har qanday usul bilan o‘z foydasini maksimal darajada oshirishga intiladi. Ba’zan monopolistlar o‘zlarining mahsulotlarining past sifatidan norozi bo‘lgan iste’molchilarga ham ahamiyat byermaydilar



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin