1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishni ifadolovchi ko’rsatkichlar va ularni xisoblash O’zbekistonda


Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə10/31
tarix12.03.2023
ölçüsü103,85 Kb.
#87494
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtis

Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini o'z ichiga oladi.
Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo'li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug'urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug'urtasi fondini o'z ichiga oladi. Undan tashqari moliya pul muomalasi, bank kredit tizimini ham o'z ichiga oladi. Davlat pul mablag'larining asosiy markazlashgan fondi bo'lmish davlat budjeti moliya tizimining asosiy bo'g'ini bo'lib xizmat qiladi. Davlat budjeta -bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat budjeti orqali o'tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilsh uchun sharoit yaratishdir.
Umumdavlat budjeti bilan birga hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) budjeti ham mavjud bo'ladi. Bu mavjud moliyaviy resurslarni ancha to'laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi organlari budjetining daromadlari o'z hududidagi korxonalar daromadidan, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi.
Ularning daromadi qisman davlat budjetidan beriladigan subsidiyalar xisobiga ham to'ldiriladi. Hokimiyat kuyi organlari budjet mablag'lari tegishli xududda ta'lim, sog'liqni saqlash, obodonchilik, yo'l qurilish va shu kabilarga sarflanadi.
Davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug'urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo'g'ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. majburiy va ixtiyoriy bo'lishi mumkin. Bu maqsadlar uch fondlar korxona va aholining to'lovlari hisobiga shakllanad Fond mablag'lari mol-mulkiy sug'urtasiga va shaxsiy sug'urta) pul to'lashni ko'zda tutadi.
Shaxsiy sug'urta aholining pul jamg'armalarini tashki qilishning shakllaridan biri bo'lib ham xizmat qiladi.
Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma'rifat ishlari bilan shug'ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasi ni ham o'z ichiga oladi. Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va boshqa ilmiy ma'rifiy jamiyatlarning ham o'ziga xos moliyasi mavjud bo'ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai, tashkilot a'zolarining kirish puli va badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad, xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag'lardan iborat bo'ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus v xayriya fondlari ham alohida o'rin tugadi. Bu fondlar turl xo'jalik subyektlari va aholining pul mablasharini aniq bir maqsad yo'lida birlashtiradi va ishlatadi.
Mazkur fondlarga respublikamizda amal qilib turgan Mahalla, "Navro'z", "Orol" va "Ulug'bek" fondlarini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o'gib borish bshyun jamiyag moliya tizimida turli xil sug'urta (ijtimoiy sug'urta, tibbiy sug'urta) fondlari va budjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta'minlash fondi, tabiatni muhofaza qilsh fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko'mak berish fondi va boshqalarning ahamiyati ortib boradi.





Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin